9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Dasturlash tillarining umumiy universal xususiyatlari
Download 46,54 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- C dasturlash tili
- JAVA dasturash tili
Dasturlash tillarining umumiy universal xususiyatlari. Dastur sо‘zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi sо‘z, ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi sо‘z sifatida ishlatiladi. Dasturni dasturchi tomonidan yoziladigan komandalar tо‘plami, yoki amallar bajaradigan kompyuter mahsuloti sifatida tushinamiz. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan dо‘stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan kо‘p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega. Dasturlashga talabni о‘zgarishi nafaqat tillarning о‘zgarishiga, balki uni yozish texnologiyasini ham о‘zgarishiga olib keldi. Dasturlash evolyusiyasi tarixida kо‘pgina bosqichlar bо‘lishiga qaramay protsedurali dasturlashdan obyektga mо‘ljallangan dasturlashga о‘tildi. C dasturlash tili C dasturlash tili 1970 yilning boshlarida Dennis Ritchi tomonidan Bell laboratoriyasida ishlab chiqildi. Bugungi kunda kо‘pgina dasturlar S tilida yozilmoqda (2-rasm). Bu elektron jadval va matnlarga ishlov berish dasturlarini, ya’ni amaliy dasturiy vositalarni hamda operatsion tizimlarni о‘z ichiga oladi. C dasturi dasturlashda professional malakani talab qiladi. Kо‘pchilik dasturchilar S dasturidan ilmiy muammolarni yechishda va biznesda kо‘p foydalanadilar. S dasturi har qanday operatsion tizimda va har qanday kompyuterda ishlaydi. Kо‘pincha S dasturlash tili UNIX i Linux operatsion tizimlarida foydalaniladi. JAVA dasturash tili Java obeyektga mо‘ljallangan dasturash tili hisoblanadi va bu dastur Sun Microsystems firmasida ishlab chiqariladi. 3-rasmda Java tilining bir qismi bо‘lgan kiritish oynasi kо‘rsatilgan. Qachonki dasturchi Java dasturining kompilyatsiya jarayonida obyekt kodi olinadi, ya’ni ular bayt kodi deyiladi. Bu dasturlar mustaqilmashina hisoblanadi. Dasturchilar Sun Microsystems firmasida ishlab chiqarilgan server va kompyuterlar uchun Java Platform, Standard Edition (Java SE) dasturlaridan foydalanadilar. Ulardan tashqari dasturchilar mobil qurilmalari va smartfonlar uchun maxsus dasturlar yaratishda ham ushbu dasturlardan Java Platform, Micro Edition (Java ME) foydalanadilar. Java EE (Java Platform, Enterprise Edition) о‘z ichiga dasturchi yaratayotgan Web 2.0 dan foydalanuvchi veb-ilovalarni muhiti uchun Sun Java SE firmasining texnologiyalar tо‘plamini oladi. Java EE ning maqsadi dastur yaratishda vaqtni qisqartirishdan iboratdir. Download 46,54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling