9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
VIZUAL DASTURLASH TILLARI
Download 46.54 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- DELPHI dasturlash tili
VIZUAL DASTURLASH TILLARI
Vizual dasturlash tillari boshlang‘ich kodlarni yaratish uchun grafik va vizual interfeyslardan foydalanadi. Grafik interfeys dasturlashning vizual muhitida (VPE) dasturchiga dastur ishlab chiqishida obyektlar shaklida xizmat qiladi. Vizual dasturlash tiliga Alisa, Mindscript va ProGraf (Alice, Mindscript, and Prograph) lar kiradi. DELPHI dasturlash tili Borland Delphi RAD muhitida veb-ilovalar va katta hajmli, korporativ qurilishlar uchun mos keluvchi juda kuchli dastur hisoblanadi Dasturchilar Delphi dasturidan Windows, Linux va .NET platformasi uchun dasturlar yaratishda foydalanadilar. Turli platformalar uchun qaysi dasturlash tillari ishlatilishi haqida Tiobe dasturchilar hamjamiyati 2021 yilning aprel oyi holatiga kо‘ra tillarning ommabopligi reytingini taqdim etdi. Kо‘rib turganingizdek, uchli uchlikni 2020 yilning eng yaxshi dasturlash tili deya e’tirof etilgan Python yakunlab bermoqda. о‘tgan asrning 50-yillari oxirida yaratilgan Fortran dasturlash tili kutilmaganda yana ommalasha boshlagan – yigirmata nomdan iborat ushbu rо‘yxatga kirib olgan. Tiobe vakillari buni ilmiy hisob-kitoblarga bо‘lgan talabning о‘sgani bilan bog‘lashmoqda. IBM tomonidan yaratilgan Fortran dunyoda birinchi tijoriy dasturlash tili bо‘lib, assemblera tiliga muqobil sifatida maydonga tushgan. 2002 yili u ommaboplik reytingida 10- о‘ringa chiqqan, lekin shundan sо‘ng urfdan qolib, yaqinlargacha 34-о‘rinda edi. Java virtual mashinasi (JVM)da ishlovchi Groovy dasturlash tilining ham ommabopligi oshib bormoqda. О‘tgan bir yil mobaynida u 48-о‘rindan 17-pog‘onagacha kо‘tarilib olgan. Objective-C dasturlash tili esa eng ommaboplar yigirmataligini tark etgan. Dasturchi bо‘lish uchun olti yо‘l: Web dasturlash Desktop(ish stoli kompyuterlari uchun) ilovalarini dasturlash Taqsimlangan ilovalarni dasturlash Dasturiy vositalar(Library/Platform/Framework/Core)ni dasturlash Tizimli dasturlash Ilmiy dasturlash Dasturchi bо‘lish sizning mahoratingizni kundan-kunga, yildan-yilga asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlantirib boruvchi jarayon hisoblanadi. Dasturlash qiziq va mukofotlaydigan(aqliy, ma’naviy va moliyaviy) jarayondir. Bu yо‘riqnoma dasturchi bо‘lishga oson yо‘l taqdim qilishga vada bermaydi, ammo qadamlar ketma-ketligi asosida siz zamonaviy dasturlash sohasida dasturchi bо‘lish haqidagi umumiy ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Download 46.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling