9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


Dasturlash tillarining umumiy universal xususiyatlari


Download 46.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.01.2024
Hajmi46.54 Kb.
#1816957
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza (4)

 
Dasturlash tillarining umumiy universal xususiyatlari.
Dastur sо‘zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi sо‘z, ham 
yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi sо‘z sifatida ishlatiladi. Dasturni 
dasturchi tomonidan yoziladigan komandalar tо‘plami, yoki amallar bajaradigan kompyuter 
mahsuloti sifatida tushinamiz. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan dо‘stona munosabatni 
yuqori darajada tashkil qiladigan kо‘p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual 
grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega. Dasturlashga talabni о‘zgarishi nafaqat 
tillarning о‘zgarishiga, balki uni yozish texnologiyasini ham о‘zgarishiga olib keldi. Dasturlash 
evolyusiyasi tarixida kо‘pgina bosqichlar bо‘lishiga qaramay protsedurali dasturlashdan 
obyektga mо‘ljallangan dasturlashga о‘tildi.
C dasturlash tili
C dasturlash tili 1970 yilning boshlarida Dennis Ritchi tomonidan Bell laboratoriyasida 
ishlab chiqildi. Bugungi kunda kо‘pgina dasturlar S tilida yozilmoqda (2-rasm). Bu elektron 
jadval va matnlarga ishlov berish dasturlarini, ya’ni amaliy dasturiy vositalarni hamda operatsion 
tizimlarni о‘z ichiga oladi. 
C dasturi dasturlashda professional malakani talab qiladi. Kо‘pchilik dasturchilar S 
dasturidan ilmiy muammolarni yechishda va biznesda kо‘p foydalanadilar. S dasturi har qanday 
operatsion tizimda va har qanday kompyuterda ishlaydi. Kо‘pincha S dasturlash tili UNIX i 
Linux operatsion tizimlarida foydalaniladi. 
JAVA dasturash tili
Java obeyektga mо‘ljallangan dasturash tili hisoblanadi va bu dastur Sun Microsystems 
firmasida ishlab chiqariladi. 3-rasmda Java tilining bir qismi bо‘lgan kiritish oynasi kо‘rsatilgan. 


Qachonki dasturchi Java dasturining kompilyatsiya jarayonida obyekt kodi olinadi, ya’ni 
ular bayt kodi deyiladi. Bu dasturlar mustaqilmashina hisoblanadi. Dasturchilar Sun 
Microsystems firmasida ishlab chiqarilgan server va kompyuterlar uchun Java Platform, 
Standard Edition (Java SE) dasturlaridan foydalanadilar. Ulardan tashqari dasturchilar mobil 
qurilmalari va smartfonlar uchun maxsus dasturlar yaratishda ham ushbu dasturlardan Java 
Platform, Micro Edition (Java ME) foydalanadilar. Java EE (Java Platform, Enterprise Edition) 
о‘z ichiga dasturchi yaratayotgan Web 2.0 dan foydalanuvchi veb-ilovalarni muhiti uchun Sun 
Java SE firmasining texnologiyalar tо‘plamini oladi. Java EE ning maqsadi dastur yaratishda 
vaqtni qisqartirishdan iboratdir. 

Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling