9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Download 46.54 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protsedurali tillar.
Quyi darajadagi tillar.
Quyi darajadagi tillar mashina tili va yig‘ma tillardan iborat bо‘ladi. Ma’lumki, bu mashina tili dasturlash tilining birinchi avlodi hisoblanadi, ya’ni yagona til faqat ikkilik (0 va 1) razryadlar qatori instruksiyasidan iborat bо‘lgan yoki raqamlar yoki harflar kombinatsiyasidir. Binar raqamlar elektr holatini о‘chirish va yoqishdan iborat. О‘zingiz uchun tasvirlamoqchi bо‘sangiz, mashina tili bu insonga kо‘p vaqt davomida charchatadigan va qiyinchilik (zо‘rlik) bilan bajarish deganidir. Mashina tili dasturida 16 lik sanoq tizimidan foydalanib, kodirovka qilinadi. Protsedurali tillar. Dasturlash tili (quyi darajadagi) va mashinalarning kamchiliklari 1950-1960 yillarda protsedurali tillar ishlab chiqilganidan keyin tо‘g‘rilandi. Protsedurali tillarda dasturchi kompyuterga habarlar qanday tarzda yetib borishi va tayyorlanishini yozadi. Protsedurali tillardan dasturchi, ba’zan dasturlash tilining uchinchi avlodi (3GL)ning ingliz tilida yozilgan seriyasidan dastur instuksiyasini huddi sо‘zdek yozishda foydalanadi. Masalan, ADD ni kengaytirib yozsak, qо‘shish yoki PRINT chop etish uchun deganidir. Kо‘pgina 3GL lar arifmetik amallar, * belgisi kо‘paytirish, 1 belgisi esa qо‘shish amali bо‘lib ham foydalaniladi. Bu inglizcha sо‘zlar va arifmetik belgilar dasturchiga dastur ishlab chiqish jarayonini qisqartiradi. Dasturlash tillarining rivojlanish bosqichlari. XX asrning 50 yillar oxirida, ya’ni 1948 yilda birinchi dasturlash tili paydo bо‘lgan. Bu dasturlash tilining nomi PLANKALKUL deb nomlangan. Bu dasturlash tilidan ASSEMBLER dasturlash tili yaratilgan. 60 yillarda iqtisodiy masalalarni yechish uchun COBOL dasturlash tili va FORTRANT dasturlash tillari yaratildi. 1964 yilga kelib boshlovchilar uchun ancha qulay bо‘lgan dasturlash tili BASIC yaratildi. 1969 yilga kelib, protsedurali dasturlash tili Paskal dasturlash tili yaratildi. 1972 yilda tizimli dasturlash tili C dasturlash tili yaratildi. 1989 yilga dunyo dasturchilari tomonida obyektga yо‘naltirilgan yondashuv natijasida C++ dasturlash tili yaratildi. Dasturlash tili oilalarga bо‘linadi. Bu oilalar asosan Basic, C va Pascal oilasidir. C oilasiga kiruvchi dasturlash tillari kо‘pni tashkil etadi. Quyidagi jadvalda dasturlash tili oilalariga kiruvchi dasturlash tillari kо‘rsatilgan. C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa о‘z navbatida Vasic va Basic Pascal tillaridan kelib chiqqan. Basic Pascal 1967 yilda Martin Richard tomonidan tuzilgan va zamonaviy operatsion tizimlarni yozish uchun mо‘ljallangan edi. Ken Tomson о‘zining Vasic tilida BasicPascalning kо‘pxossalarini kiritgan va Vasicda UNIX operatsion tizimining birinchi versiyalarini yozgan. Basic Pascal ham, Vasic ham tipsiz til bо‘lgan. YA’ni о‘zgaruvchilarning ma’lum bir tipi bо‘lmagan – har bir о‘zgaruvchi kompyuter kompyuter xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. О‘zgaruvchini qanday holda ishlatish esa, ya’ni butun sonmi, kasrli sonmi yoki harf kо‘rinishdami, dasturchi vazifasi bо‘lgan. C tilini Dennis Ritchi Vasic dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qо‘lladi. C о‘zidan oldingi Vasic va Basic Pascal tillarining juda kо‘p muhim tomonlarini о‘z ichiga olish bilan bir qatorda о‘zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX tizimlarida keng tarqaldi. Bu tillar tufayli sо‘z va gaplarning mantiqiy konsruksiyasidan foydalanib dasturlash imkoniyati yaratildi. Bu komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar kо‘chirar edi. Interpretator dasturni о‘qish jarayonida uning komandalarini ketma - ket mashina tiliga о‘tkazadi. Kompilyator esa yaxlit dastur kodini biror bir oraliq forma - obyekt fayliga о‘tkazadi. Bu bosqich kompilyatsiya bosqichi deyiladi. Bundan sо‘ng kompilyator obyektli faylni bajariluvchi faylga aylantiradigan dasturini chaqiradi. Interpr yetatorlar bilan ishlash osonroq, chunki dastur komandalari qanday ketma - ketlikda yozilgan bо‘lsa, shu tarzda bajariladi. Bu esa, dastur bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi. Kompilyator esa kompilyatsiya va kompanovka kabi qо‘shimcha bosqichlardan iborat bо‘lganligi uchun ulardan hosil bо‘ladigan bajariluvchi faylni tahlil qilish va о‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Faqatgina kompilyatsiya qilingan fayl tezroq bajariladi, chunki bundagi komandalar kompilyatsiya jarayonida mashina tiliga о‘tkazilgan bо‘ladi. Download 46.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling