9-mashg‘ulot. 5-semestr pul oqimlari to‘G‘risidagi hisobot
Download 60.77 Kb.
|
9-mashg‘ulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy faoliyatdan pul mablag‘larining h olati + 20
- Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining h olati - 20
- Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining h olati + 20
- 4. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari
- 5. Pul o q imlari to‘g‘risidagi hisobot b o‘ yicha yoritishlar
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - egri usul
4. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari Xorijiy valyutadagi xo‘jalik muomalalaridan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomala amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi. Xorijiy shu’ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri, pul mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor asosiy, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi. 5. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha yoritishlar Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt korxonada mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari qoldig‘i miqdorini rah-bariyatning tushuntirishi bilan birga yoritishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning pul oqimi bilan uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari bo‘g‘inlar bo‘yicha yoritilishi lozim. Xo‘jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining bo‘g‘inlardagi harakatlarini yoritish zarur. Sho‘ba korxonalarni yoki boshqa xo‘jalik birliklarini xarid kilish yoki sotishdan buladigan pul oqimlari yig‘indisi alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar kichik korxonalar va boshqa xo‘jalik birlik-larini xarid qilish bo‘yicha ham, ularni sotish bo‘yicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab yoritishlari lozim. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati; Xarid qilish yoki sotishning pul mablag‘i va pul ekvivalentlari vositasida to‘langan qismi; Xarid qilingan yoki sotilgan sho‘ba jamiyatga yoki xo‘jalik birligiga tegishli pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari miqdori; Aktivlar va majburiyatlar miqdorini, sho‘ba korxonada xarid qilingan yoki sotilgan pul ekvivalentlari hamda pul mablag‘laridan tashqari yoki aktivlar va majburiyatlarning turi bo‘yicha. Download 60.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling