9-mashg‘ulot. 5-semestr pul oqimlari to‘G‘risidagi hisobot


Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti


Download 60.77 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi60.77 Kb.
#1349467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mashg‘ulot.

Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti

Hisobot davri uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun quyidagi axborotlar zarur bo‘ladi:


-hisobot davrining balansi ;
-hisobot davrining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti;
- aktivlarning sotilishi va sotib olinishi hamda, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar va xaridorlardan pul mablag‘larini olish usullari to‘g‘risidagi ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning ikkita usuli mavjud:
■ to‘g‘ri usul
egri usul
Ushbu usullardan foydalanishdagi farq faqat hisobotning «asosiy faoliyat» bo‘li-migagina tegishli.
To‘g‘ri usul asosiy faoliyatning pul tushumlari va chiqimining asosiy toifa-larini hisobga olib, mohiyati bo‘yicha foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini kassa usulida tuzib chiqishni anglatadi.
Egri usulga muvofiq hisobot davrining sof daromad yoki zarariga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, shuningdek investitsiya yoki moliya faoliyati na-tijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga qarab o‘zgartirish kiritiladi.
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot. Sub’yektlar pul oqimlari netto asosida (sub’yektning naqd pulning tushum va to‘lovi orasidagi farq) aks ettirilgan hodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag‘larining yalpi to‘lovlari bo‘yicha alohida hisobot beradilar.
Favkuloddagi moddalar bilan bog‘lik bo‘lgan pul oqimlarining harakati. Favkulodda moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari, moddalarning tavsifiga ko‘ra asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida tavsiflanadi. Favkuloddagi moddalarni tushuntirish va ularni hozirgi va kelajakdagi pul oqimlari harakatiga ta’sirini aniklash uchun, favkulotdagi moddalar bilan bog‘liq pul oqimlar «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda» asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo‘limlarida alohida ko‘rsatiladi.



Download 60.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling