9-mashgʻulot. Xoʻraki shorob turlari bilan tanishish Mashgʻulot maqsadi


Download 18.11 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1212081
1   2   3
Bog'liq
sharob amaliy-9

Musallas vinolari uzum sharbatini spirt qoʻshmasdan bijgʻitish natijasida olinadi. Ularning tarkibida spirt 9 % dan 14 % gacha shakar miqdori 0,3-8 % gacha, mazasi yoqimli, ta‘mi nordon va chanqov bosdi ichimlik hisoblanadi.
Kuchli vinolar uzum sharbatini toʻla ravishda bijgʻitmasdan hosil qilinadi, vino tarkibidagi qandning ma‘lum miqdorini saqlab qolish uchun, bijgʻitish davrida spirt qoʻshiladi. Bu vinolarning shirinligi oʻrtacha darajada, ta‘mi oʻziga xos karamel mazasi kelib turadi, mevasimon xushbuy boʻladi.
Dessert vinolari tarkibida shakar miqdori koʻp boʻlib, bunday vinolar tarkibida shakar miqdori koʻp boʻlgan, uzib olmasdan, boshogʻining oʻzida quritilgan uzum navlaridan tayyorlanadi.
Xuybo’y vinolarni vermutlar deb ataladi. Vermutlar uzum vinolari, rektifikat spirt, qand sharbatini, oʻtlari, gullar, turli xil oʻsimliklarning damlamasini aralashtirib hosil qilinadi.


Topshiriq: Talabalar mavzu yuzasidan klasster tuzadi.
9-mashgʻulot. Xoʻraki shorob turlari bilan tanishish
Mashgʻulot maqsadi. Xoʻraki va kuchli shorob turlari bilan tanishish.
Umumiy ma‘lumot. Uzumdan tayyorlangan vinolar, uzumning navini, vinoning rangini, ishlab chiqarish jarayonini, tarkibidagi qand va spirt miqdorini, CO2 gazini borligini va uning qanday davrda ushlanganligini hisobga olib guruhlanadi.
Xom ashyoning turi va belgilariga asosan vinolar bir xil navli uzumdan tayyorlangan navli va bir nechta uzum navlaridan tayyorlangan tarkibi razryadli qilib chiqariladi.
Rangi jihatidan vinolar oq, pushti va qizil boʻladi.
Oq tusli uzum vinolari och rangli uzum navlarini sharbatini bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Qizil vinolar qizil rangli uzum navlarini sharbatini poʻsti va urugʻlari bilan birgalikda bijgʻitish yoʻli bilan olinadi. Bijgʻitish vaqtida poʻstloqdagi buyovchi va oshlovchi moddalar sharbatga oʻtadi, shuning uchun bu vinolarning rangi qizil, ta‘mi oʻziga xos, sharbati yopishqoq boʻladi.
Pushti rang vinolar oq va qizil tusli uzum navlaridan tayyorlanadi yoki qizil va oq tusli vinolarni aralashtirilib hosil qilinadi.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling