9-mashgʻulot. Xoʻraki shorob turlari bilan tanishish Mashgʻulot maqsadi


Download 18.11 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1212081
  1   2   3
Bog'liq
sharob amaliy-9


9-mashgʻulot. Xoʻraki shorob turlari bilan tanishish
Mashgʻulot maqsadi. Xoʻraki va kuchli shorob turlari bilan tanishish.
Umumiy ma‘lumot. Uzumdan tayyorlangan vinolar, uzumning navini, vinoning rangini, ishlab chiqarish jarayonini, tarkibidagi qand va spirt miqdorini, CO2 gazini borligini va uning qanday davrda ushlanganligini hisobga olib guruhlanadi.
Xom ashyoning turi va belgilariga asosan vinolar bir xil navli uzumdan tayyorlangan navli va bir nechta uzum navlaridan tayyorlangan tarkibi razryadli qilib chiqariladi.
Rangi jihatidan vinolar oq, pushti va qizil boʻladi.
Oq tusli uzum vinolari och rangli uzum navlarini sharbatini bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Qizil vinolar qizil rangli uzum navlarini sharbatini poʻsti va urugʻlari bilan birgalikda bijgʻitish yoʻli bilan olinadi. Bijgʻitish vaqtida poʻstloqdagi buyovchi va oshlovchi moddalar sharbatga oʻtadi, shuning uchun bu vinolarning rangi qizil, ta‘mi oʻziga xos, sharbati yopishqoq boʻladi.
Pushti rang vinolar oq va qizil tusli uzum navlaridan tayyorlanadi yoki qizil va oq tusli vinolarni aralashtirilib hosil qilinadi.
Sifat belgilari va saqlanish muddatiga asosan uzum vinolari oddiy, saqlangan oddiy, markali va kollektsion boʻladi.
Oddiy vinolar uzoq muddatda saqlanmasdan, lekin uzum qayta ishlangandan soʻng 3 oydan keyin iste‘molga chiqariladi.
Saqlangan oddiy vinolar bir yildan ortiq muddatda saqlanadi.
Markali vinolar – muayyan uzum navlaridan olingan yuqori sifatli vinolar hisoblanadi. Bu vinolar qanchalik muddatda saqlanganligidan qat‘iy nazar, uning boshlangʻich xususiyatlarini oʻzgartirmasdan turadi. Saqlash muddati hosil olingan yildan soʻng keyingi 1-chi yanvardan boshlab, kamida 1,5 yilni tashkil etadi.
Kollektsion vinolar – kamida 6 yil saqlanadi. Ular juda yuqori sifatli markali vinolardir. Yogʻoch bochkalarida saqlangandan soʻng, ular qoʻshimcha tarzda butilkalarda yana 3 yil muddatda saqlanadi.
Tarkibida CO2 gaziga nisbatan, gazsiz, tabiiy va sun‘iy gazlashtirilgan vinolar boʻladi.
Tarkibidagi spirt va qand miqdoriga koʻra, vinolar quyidagi guruhlarga boʻladi.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling