9-mashgʻulot. Xoʻraki shorob turlari bilan tanishish Mashgʻulot maqsadi
Download 18.11 Kb.
|
sharob amaliy-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markali vinolar
- Kollektsion vinolar
- Kuchli vinolar
- Dessert vinolari
Sifat belgilari va saqlanish muddatiga asosan uzum vinolari oddiy, saqlangan oddiy, markali va kollektsion boʻladi.
Oddiy vinolar uzoq muddatda saqlanmasdan, lekin uzum qayta ishlangandan soʻng 3 oydan keyin iste‘molga chiqariladi. Saqlangan oddiy vinolar bir yildan ortiq muddatda saqlanadi. Markali vinolar – muayyan uzum navlaridan olingan yuqori sifatli vinolar hisoblanadi. Bu vinolar qanchalik muddatda saqlanganligidan qat‘iy nazar, uning boshlangʻich xususiyatlarini oʻzgartirmasdan turadi. Saqlash muddati hosil olingan yildan soʻng keyingi 1-chi yanvardan boshlab, kamida 1,5 yilni tashkil etadi. Kollektsion vinolar – kamida 6 yil saqlanadi. Ular juda yuqori sifatli markali vinolardir. Yogʻoch bochkalarida saqlangandan soʻng, ular qoʻshimcha tarzda butilkalarda yana 3 yil muddatda saqlanadi. Tarkibida CO2 gaziga nisbatan, gazsiz, tabiiy va sun‘iy gazlashtirilgan vinolar boʻladi. Tarkibidagi spirt va qand miqdoriga koʻra, vinolar quyidagi guruhlarga boʻladi. Musallas vinolari uzum sharbatini spirt qoʻshmasdan bijgʻitish natijasida olinadi. Ularning tarkibida spirt 9 % dan 14 % gacha shakar miqdori 0,3-8 % gacha, mazasi yoqimli, ta‘mi nordon va chanqov bosdi ichimlik hisoblanadi. Kuchli vinolar uzum sharbatini toʻla ravishda bijgʻitmasdan hosil qilinadi, vino tarkibidagi qandning ma‘lum miqdorini saqlab qolish uchun, bijgʻitish davrida spirt qoʻshiladi. Bu vinolarning shirinligi oʻrtacha darajada, ta‘mi oʻziga xos karamel mazasi kelib turadi, mevasimon xushbuy boʻladi. Dessert vinolari tarkibida shakar miqdori koʻp boʻlib, bunday vinolar tarkibida shakar miqdori koʻp boʻlgan, uzib olmasdan, boshogʻining oʻzida quritilgan uzum navlaridan tayyorlanadi. Xuybuy vinolarni vermutlar deb ataladi. Vermutlar uzum vinolari, rektifikat spirt, qand sharbatini, oʻtlari, gullar, turli xil oʻsimliklarning damlamasini aralashtirib hosil qilinadi. Topshiriq: Talabalar mavzu yuzasidan klasster tuzadi. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling