9-mavzu: avtomobilning yo`l to`siqlaridan o`tuvchanligi. Avtomobilning yurish ravonligi. Avtomobilning ekologik xususiyati. Reja
-rasm. Bir massali sistemaning tebranishi
Download 379.84 Kb. Pdf ko'rish
|
9.3-rasm. Bir massali sistemaning tebranishi. Yuk kuygandan keyin esa uning og’irligi G kuch ta`sirida f st siljishiga ega bo’ladi (II xolat). Jismni muvozanatdan chikarish uchun prujina sikib, keyin qo`yib yuboriladi va uning erkin harakati hosil qilinadi. Agar shu tebranish lentaga yozib olinsa z max amplitudani, T esa tebranish davrini beradi. shu sxema uchun tebranishning differentsial tenglamasi quyidagicha ifodalanadi.: Md 2 z/d t 2 +C z=0 Bu tenglama quyidagi yechisga ega: z=z max sin √c/m t, cm; ω=√c/m bo’lgani uchun z max sin ω t bu yerda z, z max – tebranish amplitudalari; t-tebranish davri; ω-erkin tebranishning burchakli chastotasi; s-prujina bikrligi. Oxirgi (101) tenglamadan garmonik tebranishdagi yurish ravonligi o’lchamlarini aniqlash mumkin. Tebranish tezligi: v a =dz/dt= z max ω 2 cosω t, cm/c tebranish tezlanishi: j=dz 2 /dt 2 = -z max ω 2 sinω t, cm/c 2 tebranishning o`sish tezligi: j=dz 3 /dt 3 = -z max ω 3 cosω t, cm/c 3 tebranish chastotasi: n=30/π√g/f≈300/f ts , tebranish/min Oxirgi formulaga ko’ra osmaning statik defformatsiyasi f ts qanchalik katta bo’lsa, osma shunchalik yumshok bo’ladi, avtomobilning komfortabelligi esa ortadi. Yengil avtomobillar uchun f ts =100…250 mm. Yuk avtomobillari uchun f ts =60…120 mm. Avtobuslar uchun f ts =100…200 mm. Avtomobil ko`p massali sistema bo’lgani uchun uning tebranishi juda murakkabdir. Qabul qilingan ekvivalent tebranish sistemasi ressoralangan massa t, ressoralanmagan t 1 , t 2 massalar va S 1 , S 2 bikrlikka ega bo’lgan osmalardan, S sh1 , S sh2 bikrlikka ega bo’lgan shinalardan hamda K a1 , K a2 qarshilikli amortizatorlardan iborat; osma sharnirlari va ressora listlari o’rtasida kuro’q yoki yarim kuro’q, shinalarda esa molekulalararo ishqalanish mavjud. Kuzov va o’qlar oltita erkinlik darajasiga ega (uchta chiziqli va uchta burchakli). Tebranishga ta`sir etuvchi faktorlarnnng kupligi uni analitik usulda tekshirishni juda qiyinlashtiradi, shuning uchun avtomobilning konstruqtiv faktorlari soddalashtiriladi. Avtomobilning ressoralanmagan massalar miqdori ressoralangan massalar miqdorinipg 15...20% ni tashkil qiladi, ressoralar qattiqligi esa shinaniqidan 3...7 marta kam. Demak, ressoralanmagan massalarning erkin- tebranish chastotasi ressoralangan massalarnikidan katta bo’ladi. Shuning uchun ressoralanmagan massalarning kuzov tebranishiga ta`siri xisobga olinmaydi, osmaning elastik elementlari va shina bikrligi esa keltirilgan bikrlik bilan almashtiriladi. Osmaning keltirilgan bikrligi S pr deb, berilgan yuk ta`sirida haqiqiy osma kabi deformatsiyaga ega bo’lgan soxta elastik element bikrligiga aytiladi. Keltirilgan bikrlik quyidagicha aniqlanadi: S pr =S r S sh / S r +S sh S r, S sh — ressora va shinaning vertikal bikrligi. Ressoraning bikrligi shinaniqidan bir necha marta kichik bo’lgani uchun osmaning keltirilgan bikrligi ressoraniqidan 15,,.20 % kam bo’ladi, Avtomobillar oldingi va ketingi osmalarinnng bikrligi 200,-600 N/sm, shinasining bikrligi 2000...4500 N/sm bo’ladi. Avtomobilning yurish ravonligini tekshirishni osonlashtnrish uchun uni ikkita erkinlik darajasiga ega sistema deb qabul qilish zarur: birinchisi—vertikal yo’nalishdagi tebranish; ikkinchisi—ko`ndalangi Y o’q atrofida vertikal tebranish. Ikkala xil tebranishlar birgalikda avtomobilning kishi organizmiga ta`sir etuvchi komfortli vaziyatni vujudga keltiradi. Avtomobilning vertikal tebranishi yumshok osma va amortizator bilan kamaytiriladi. Avtomobilning burchakli tebranishini esa osma konstro’qtsiyasini mo’qammallashtirish, avtomobil massalarini bo’ylama o’q, bo’yicha to’g’ri taqsimlash xisobiga kamaytirish mumkin. Avtomobil tebranishiga yo’lning notekisligi katta ta`sir ko’rsatadi. Asfalt- beton va tsement-beton yo’llarda balandligi 3...5 mm, uzunligi 8...10 m; balandligi 10...12 mm va uzunligi 5...8 m tulkinlar bor. Yo’llar harakat intensivligi katta bo’lganda shunday tulkinsimon xolatga keladiva avtomobilning yurish ravonligini yomonlashtiradi. Avtomobil yurish qismining texnikaviy xolati yomonligi uning yurish ravonligiga ta`sir etadi. Agar ressora listlari orasida moy kam bo’lsa, ishqalanish kuchayib. tebranish chastotasi oshadi. Ishqalanish kuchayganda kuzov qattiq turtqilarni ham qabul kilib, uning tebranishi zurayadi. Agar amortizator salg’nigi yomon bo’lsa, uning moyi sizadi va tebranishni sundirish xususiyati yo’qoladi. Bunday amortnzatorli avtomobil notekis yo’ldan utgandan keyin ham ancha va o’q tebranishda davom etadi. Agar yo’ldagi notekisliklar takrorlansa va uning chastotasi erkin tebranish chastotasiga teng bo’lib qolsa, rezonans xodisasi ruy berishi mumkin. Natijada g’ildirak yo’l bilan kontaktini yo’qotib, yurish ravonligi, avtomobilning turg`unligi va boshqariluvchanligi yomonlashadi. Avtomobilning yurish ravonligi uning ustidagi yukka ham bog’liq. Yuk miqdori o’zgarishi bilan ressoralangan massa oshadi, avtomobilning og’irlik markazi pasayadi, osmaning elastik elementlari deformatsiyasi esa oshadi, Bu ayniqsa yuk avtomobillarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Shinaning elastikligi qanchalik yaxshi bo’lsa, u turtkilarni shunchalik yaxshi so`ndiradi. Shina elastikligi uning ichki bosimini kamaytirish hisobiga oshirilishi mumkin, lekin ichki bosim kamayganda shinaning yuk ko`tarish kuchi kamayadi, G’ildirashga qarshiligi esa kattalashadi. Shuning uchun shinalardagi bosim instruktsiyaga mos bo’lishi kerak. Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling