9-mavzu: avtomobilning yo`l to`siqlaridan o`tuvchanligi. Avtomobilning yurish ravonligi. Avtomobilning ekologik xususiyati. Reja


-rasm. Yo’l to`siqlaridan o`ta olishning geometrik o’lchamlarini aniqlash


Download 379.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana08.05.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1444087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9.1-rasm. Yo’l to`siqlaridan o`ta olishning geometrik o’lchamlarini aniqlash. 
Yo’l to`siklarining bo’ylama r
pr
, ko`ndalangi r
pop
radiuslari grafik usulida 
aniqlanadi. Buniig uchun avtomobil eskizi ma`lum masshtabda millimetrovkaga 
chiziladi. Avtomobilning eng past nuqtasi S ikkala g’ildirakning yo’l bilan 
uchrashgan A, V nuqtalari aniqlanadi. Bir chiziqda bulmagan, lekin bir tekislikda 
yotgan uch nuqtadan aylana chizish mumkinligi koidasiga asosan AS, VS 
chiziqlarning o’rtalari an psrpendikulyarlar o’tkazib, ularning kesishish nuqtasi O 
topiladi. O markazdan A, S, V nuqtalar orqali o`tuvchi ASV yoyning radiusi 
bo’ylama o`tuvchanlik radiusi r
pr
deyiladi. Ko`ndalangi radius r
pop 
ham shu usulda 
aniqlanadi. 
Avtomobil o`ta oladigan ostonaning balandlngi normal va yuqori o`tuvchan 
avtomobillar uchun katta ahamiyatga ega. Avtomobilning yetakchi bo`lmagan 
oldingi g’ildiraklarini N balandlikka ega ostonadan o’tkazish uchun katta itaruvchi 
R kuch talab etiladi. kuch yetakchi g’ildiraklardagi R
k
kuch ta`sirida xosil bo’ladi 
va dvigatel quvvatiga hamda shinaning yo’l bilan tishlashnshiga bog’liq. Amalda 
yetakchi bulmagan g’ildirak uta oladigan tusikning balandlngi N= (0,35 ... 0,65) r 
bo’ladi. 
Agar burovchn moment M
k
va itaruvchi kuch R ta`sirida oldingi yetakchi 
g’ildirak N balandlikka ega to`siqdan o`tayotgan bo’lsa, balandlik N ning qiymati 
radius r
k
dan katta bo’lishi mumkin, chunki burovchi momentniig ta`sirida 
g’ildirakni yuqoriga ko`taruvchi kuch xosil bo’ladi. 
 
2. O`tuvchanlikning tayanch-tishlashish ko’rsatkichlari. Ekspluatatsiyada 
uchraydigan faktorlarning avtomobilning o`tuvchanligiga ta`siri. 
O`tuvchanlikning tayanch-tilashish ko’rsatkichlariga tortish va tishlashish 
shartlari bo’yicha maksimal dinamik faktorlar D
amax
, D
φmax
avtomobilning orqa 


ilmogidagi tortish kuchi R
kr
oldingi va ketingi g’ildiraklar izining mos kelish 
koeffitsienti η
s
kiradi.
Tortish sharti bo’yicha avtomobilning maksimal dinamik faktori D
max
avtomobilning tuxtamasdan harakatlanish qobiliyatini ko’rsatadi. Uning qiymatini 
kattalashtirish uchun tortish kuchini oshirish, avtomobilning umumiy og’irligini 
kamaytirish kerak. 
G`ildirakning yo’l bilan tishlashish sharti bo’yicha maksimal dinamik faktor
D
φmax
avtomobilning yetakchi g’ildiraklar shataksiramagan xolda harakatlachishini 
ta`minlaydi. Bu faktor yetakchi g’ildirakka to’g’ri kelgan massani oshirish
g’ildirakning yo’l bilan tishlashishini yaxshilash hisobiga amalga oshadi. Ularga 
o`z navbatida shina konstruktsiyasini maqbuallashtirish, yetakchi o’qlar sonini 
oshirish va xokazolar ta`sir ko’rsatadi. 
Avtomobilning orqa ilmoridagi solishtirma tortish kuchi q
kr
ilmog`idagi 
maksimal tortish kuchi R
kr
ning aitomobilg’ og’irligiga nisbati bilan aniqlanadi: 
q
kr
= R
kr
/G
a
Bu o’lcham yo’lning muvaqqat ortiqcha qarshiligini dvigateldagi zapas 
quvvat hisobiga yengish qobiliyatini ko’rsatadi. R
kr
ning qiymati avtomobilni 
shatakka olish vaqtida aniqlanadi. Tortuvchi va shatakka olinayotgan avtomobillar 
o’rtasidagi trosga dinamometr ulanadi. Harakat vaqtida shatakka olingan 
avtomobil tortuvchi avtomobil tuxtab kolguncha yoki uning g’ildiraklari 
shataksiray boshlagunga kadar asta-sekin tormozlanadi. 
Shinaning solishtirma bosimi q
sh
g’ildirakka ta`sir etuvchi og’irlikning shinani 
yo’ldagi kontakt izi yuzasiga nisbati bilan o`lchanadi. q
sh
ni aniqlash uchun 
avtomobilning g’ildiragi domkrat bilan ko`tariladi, shina protektoriga siyox, 
surtiladi va g’ildirak ostiga oq qog`oz qo`yib, yerga tushiriladi hamda qog`ozda 
qolgan izning yuzasi aniqlanadi. Solishtirma bosim qiymatini shinaning damlanish 
darajasini kamaytirish, g’ildiraklar sonini oshirish, katta diametr va maxsus keng 
shinalar ishlatish bilan kamaytirish mumkin. 
Oldingi va ketingi g’ildiraklar izlarining mos kelish koeffitsienti η
s
oldingi 
g’ildiraklar izi orasidagi a
n
va ketingi g’ildiraklar izi orasidagi a
3
masofalar nisbati 
bilan o`lchanadi (9.2-rasm). Agar a
n
va a
z
masofalar mos kelsa. orqa g’ildiraklar 
oldingi g’ildiraklar bosgan izdan boradiva ularning gildirashiga qarshilik minimal 
bo’ladi. Agar η
s
≠1 bo’lsa, ketingi g’ildiraklar oldingi g’ildiraklar izini buzish va 
yangi yo’l ochish uchun kushimcha energiya sarf qiladi. Shuniig uchun ortiqcha 
qarshilikni yenguvchi avtomobillar ketingi o’qining ikkala tomonida bittadan 
g’ildirak qoldirib qarshilik kamaytiriladi. 

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling