9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana17.09.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1680244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish, jamg‘arish va 
ushbu mablag‘larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning juda qadimiy 
funksiyalaridan hisoblanadi. 
Banklar 
jamiyatdagi vaqtinchalik 
bo‘sh 
pul 
mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘zlariga jalb qiladi va ushbu mablag‘larni 
samarali yo‘nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion 
fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arish 
bilan shug‘ullanadi, biroq ularning pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arishi bilan 
banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning itiyorida bo‘lgan mablag‘larning 
deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu banklarning 
asosiy faoliyati boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish 
bilan birga, yuqori darajada riskka bog‘liqligini keltirib chiqaradi. 
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va 
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, 
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va 
kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish 
va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga kuchli 
ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi 



banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu 
funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, 
ta’minlanganlik, to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida taqdim etadi. 

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling