9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana17.09.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1680244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Uchinchi funksiyasi, xo‘jalik sub’ektlari pul hisob – kitoblarini amalga oshirish 
hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari kun davomida bir 
necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul 
ko‘rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu 
o‘tkazmalar jo‘natuvchidan oluvchiga etib boradi. SHuningdek, banklar pul 
o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit 
liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni amalga 
oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. 
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank 
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatlikni 
ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyasiya 
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. SHu bois 
ham Markaziy bank o‘zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun 
zarur bo‘lgan to‘lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi. 
To‘lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‘rtinchi funksiyasi 
hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar o‘rtasida 
to‘lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. Banklar 
orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag‘lari o‘tadi, bank 
ular o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida vositachilik 
vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi orqali nafaqat pullarni bir 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan ikkinchisiga o‘tkazadi, balki iqtisodiyotdagi moliyaviy 
kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‘tishini nazorat qilib boradi va ushbu 
tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kredit mablag‘larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi 
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga 



ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish 
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul 
massasini 
mamlakatda 
yaratilayotgan 
tovar 
massasiga 
nisbatan
muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani 
samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi 
va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi. 
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega 
emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi 
pul massasining hajmini o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, 
bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. 
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi 
hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan 
qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘zlarining 
huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy 
maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan 
tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini va bajaradigan 
operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli 
iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy 
hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda 
yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling