9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana17.09.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1680244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. 
Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu 
banklar ochiq aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin. 
Ochiq yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning aksiyalarini sotish 
va sotib olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli 
aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin 
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. 


11 
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida 
taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. 
Mamlakatimizda mulkiy jihatdan tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat 
yuritayotgan barcha banklar ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi. 
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, tijorat, 
investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar 
mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari 
faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan 
shug‘ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. 
Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat 
faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi. 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar banklar 
bajarishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion 
banklarning 
asosiy 
faoliyati 
passiv 
operatsiyalari 
natijasida 
shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga 
investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat 
yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada investitsion 
muhit yaratilgan bo‘lishi lozim. 
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli 
kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga 
qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) 


12 
oluvchining tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishini ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda 
ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat 
yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki 
boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. 
Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, ushbu 
banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan 
bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, 
savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi. 

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling