O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar
Reja:
Aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish
Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish
Mulkni qo`riqlashga vijdonsiz munosabatda bo`lish
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Axborotlashtirish qoidalarini buzish
Aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazish
(O`zR JK 170-moddasi)
Ushbu jinoyatning obyekti o`zganing mulki, ya`ni har xil shartnomaviy va boshqa majburiyatlardan kelib chiquvchi mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Mulk shaklidan qati nazar har qanday mulk jinoyatning obyekti bo`lishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat, talon-toroj alomatlari bo`lmagani holda, aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazishdan iborat.
Ancha miqdordagi zarar deganda, eng kam oylik ish haqining o`ttiz barobaridan yuz barobarigacha bo`lgan miqdordagi zarar tushuniladi.
Agar eng kam oylik ish haqining o`ttiz barobaridan kam bo`lgan miqdorda zarar yetkazilsa, JK 170-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud bo`lmaydi.
Bu moddada ko`zda tutilgan «aldash» va «ishonchni suiiste`mol qilish» tushunchalari firibgarlikdagi xuddi shunday tushunchalar bilan bir xildir.
Biroq, firibgarlikni sodir etishda aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish o`zganing mulkini qo`lga kiritish usuli bo`lsa, mulkiy zarar yetkazishda esa aldash va ishonchni suiiste`mol qilish o`zganing mulkini tortib olish usuli bo`lmay, balki mulkdor uchun foydaning boy berilishiga sabab bo`ldi. Aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan jinoyatchi hali kelib tushmagan, lekin shartnomaviy yoki boshqa majburiyatga muvofiq mulk egasiga kelib tushishi lozim bo`lgan pul mablag`lari yoki moddiy boyliklarni o`zi yoki boshqa shaxslar foydasiga olib, mulkdorga zarar yetkazadi.
Sud tergov amaliyotida ushbu jinoyatni sodir etishning turli shakllari uchraydi. Masalan, elektr hisoblagichni tarmoqdan uzib qo`yish va elektr energiyasidan bepul foydalanish, kassir yoki provodnikning chiptasiz yurganligi uchun yo`lovchilardan pul olishi; bajarilgan ish uchun mijozlar to`lagan pulning turli xizmat ko`rsatish xodimlari tomonidan o`zlashtirilishi va h.k. shakllarda sodir etish mumkin.
Tahlil etilayotgan jinoyat moddiy tarkibli hisoblanadi va mulkdorga yoki mulk egasiga ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |