O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar


Download 68.5 Kb.
bet8/9
Sana08.03.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1251997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi

Axborotni yo`q qilib yuborish deganda, uning elektron hisoblash mashinasi, magnitlashgan jismlar (magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa shu kabi elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmog`i kabilar)ning xotirasidan yo`q qilish tushuniladi.
Axborotni o`zgartirish deganda, mavjud axborotga qonuniy egasining ruxsatisiz turli tuzatishlar kiritish tushuniladi.
Axborotni yo`qotish deganda, axborotning tegishli egasi qo`lidan chiqib ketib, foydalanishga ruxsati bo`lmagan shaxslar qo`liga tushib qolish tushuniladi.
Axborotni olib qo`yish deganda, axborotni disketga yozib olish, ko`paytirish yo`li bilan mashina yoki boshqa jismlardan nusxalarini olish tushuniladi.
O`zR JK 174-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida sanab o`tilgan harakatlarning sodir etilishi natijasida ancha miqdordagi zarar ko`rilishi 174-modda 1-qismi obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.
JK 174-moddasi 2-qismining obyektiv tomoni:
1) kompyuter tizimlarida saqlanayotgan ma`lumotlar yoki dasturlarni o`zgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatishda;
2) ruxsati bo`lmagani holda axborot tizimidan foydalanish ma`lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi (olib qo`yilishi, yo`q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo`lishida) kabi harakatlarni sodir etishda ifodalandi.
Dasturlarni ishlab chiqish - kompyuter tizimiga qat`iy belgilangan izchillikda buyruqlar kiritishdir.
Kompyuter viruslari kompyuter ishiga turli tarzda xalaqit berish, ma`lumotlar bazalarini yo`q qilib yuborish xususiyatiga ega bo`ladi.
Axborotlashtirish qoidalarini buzish O`zR JK 174-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida ko`rsatilgan harakatlar sodir etilgan va ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb topiladi. Har bir alohida holda sodir etilgan harakat va yuzaga kelgan oqibat o`rtasidagi sababiy bog`lanish mavjudligini aniqlash zarur. Ma`lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi (olib qo`yilishi), yo`q qilib yuborilishi yoki kompyuter tizimining ishdan chiqishi axborotlashtirish qoidalarini buzishning oqibatlari (JK 174-modda 2-qismi) bo`lishi mumkin. JK 174-moddasi 2-qismining dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilgan va ma`lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi (olib qo`yilishi), yo`q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishi tarzidagi oqibatlar yuzaga kelgan paytdan e`tiboran jinoyat tamom bo`lgan jinoyat deb hisoblanadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling