O`zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan jinoyatlar


Download 68.5 Kb.
bet2/9
Sana08.03.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1251997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar kurs ishi

Subyektiv tomondan jinoyat bila turib, to`g`ri qasd bilan tamagirlik maqsadida sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, har qanday aqli raso shaxs bo`lishi mumkin.
Mansabdor shaxslar o`z xizmat mavqeidan foydalanib jinoiy harakatlar sodir etganlarida, ularning qilmishlari xizmat mavqeini suiiste`mol qilish yoki pora olish, deb kvalifikatsiya qilinadi.
O`zR JK 170-moddasi 2-qismida:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan mulkiy zarar yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan.

NOTA BENE!







Mulk ishonib topshirilgan yoki shartnoma, bitim, topshiriqqa muvofiq yoki faoliyati turiga ko`ra mulkdorning jam­g`armasi uchun pul mablag`larini yig`ish topshirilgan shaxs moddiy javobgar shaxs deyiladi.

Ko`p miqdordagi zarar deganda, eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan uch yuz barobarigacha bo`lgan miqdordagi zarar tushuniladi.


Jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish
(O`zR JK 171-moddasi)

Ushbu modda uch qismdan iborat bo`lib, jinoyatning obyekti o`zganing mulkidir.


Faqat jinoiy yo`l bilan, ya`ni jinoiy faoliyat natijasida topilgan, masalan, har qanday shakldagi talon-toroj qilish natijasida topilgan, pora, bojxona qonun hujjatlarini buzish natijasida va h.k. tarzida olingan mulk jinoyatning predmeti bo`lishi mumkin. Fuqarolardan tortib olingan o`qotar qurollar, giyovandlik vositalari jinoyatning predmeti bo`lishi mumkin emas. Bunday qilmish uchun aybdor Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling