9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana06.05.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1434069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyal

10.3. Banklarning turlari 
Kapitalistik 
tuzumning 
rivojlanishi 
turli 
mulkchilik 
shakllarining 
rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida 
markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘pchilik kapitalistik 
mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida 
banklarning mulkiy, huquqiy, funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha 
tavsiflanishiga sabab bo‘ldi. 


10 
Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. 
Mulkiy jihatdan davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va 
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqti 
nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51 
foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi. 
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ tashkilotlar 
hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi. 
Davlat banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik 
mamlakatlarda mamlakat Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda 
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki, aksiyadorlik 
tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush davlatga tegishli 
bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi. 
Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida, aksiyadorlik tijorat 
“Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va boshqalarni keltirish mumkin. 
Mamlakatimizda yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas. 
Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan 
belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa 
mazkur banklar shu maqomga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital 
ishtirokidagi banklarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling