9-mavzu: Biologik makromolekulalarni RasMol programmasida vizualizatsiyalashtirish Lektor: Behruz toshbadalov


Download 205.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.10.2023
Hajmi205.52 Kb.
#1695524
Bog'liq
9-ma`ruza



 
9-MAVZU:
Biologik makromolekulalarni 
RasMol programmasida 
vizualizatsiyalashtirish 
 
 
 
Lektor: Behruz TOSHBADALOV 



 
Reja: 
1. 
Biologik makromolekulalarning birlamchi 
strukturasi asosida ularni vizualizatsiyalashtirish 
 
2. 
RasMol programmasi va unda ishlash tartibi 
 
3. RasMol programmasi orqali 
yaratilgan fazoviy 
strukturani PDB maʼlumotlar bazasiga joylashtirish 
 
 
 


Agarda ketma–ketlik tahlilida qandaydir yutuqlarga 
erishilgan bo„lsa, yuqori strukturalarni to„liq tahlil etish 
uchun hali ko„p yillar davomida ish olib borishga to„g„ri 
keladi. Ketma–ketliklarni to„g„ri joylashtirish 
muammosi–zamonaviy molekulyar biologiyaning 
asosiy mavzusi hisoblanadi. Aminokislotalarning 
chiziqli ketma–ketligi qanday qilib oqsilning uchlamchi 
strukturasini belgilaydi?
1961 yilda ribonukleazaning to„liq denaturatsiyaga 
uchraganligi, fermentativ faolligi va dastlabki 
strukturasining to„liq qayta tiklanganligi namoyish 
etilgan. Shundan so„ng birlamchi struktura uchlamchi 
strukturani belgilaydi degan xulosaga kelingan.


1998 yilda ikkilamchi strukturani belgilovchi 
usul 50-60% ishonchlilik darajasiga ega 
bo„lgan. Biologik makromolekulalarning 
birlamchi strukturasi asosida ularning fazoviy 
strukturalarini aniqlash, ularning to„g„ri taxlanish 
qonuniyatlarini tushunish uchun RasMol
PyMolModeller kabi bir qancha 
bioinformatsion dasturlar mavjud. Ular 
yordamida ketma-ketligi aniqlangan 
makromolekulalarni vizualizatsiyalashtirish 
mumkin.


Molekulyar modellashtirish –molekulalar strukturasi 
va uning xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarga tayangan 
holda uning molekulasini vizuallashtirish jarayonidir.
Buning natijasida molekulalarning fazoviy strukturasini 
namoyon etuvchi uchlamchi strukturalar shakllanadi.
Molekulyar modellashtirish usullari kompyuterli kimyo,
hisoblash biologiyasi va molekulyar sistemalardagi
bog„lanishlarning tiplarini individual ko„rinishda
tasvirlash uchun qo„llaniladi. 


 
RasMol - programmasi haqida
• RasMol - kompyuterli programma bo„lib, 
molekulalarning vizualizatsiyasi va biologik 
makromolekularni fazoviy strukturasining tuzilishini 
olishda qo„llaniladi. Birinchi o„rinda oqsil va nuklein 
kislotalar strukturalarini vizualizatsiyasi uchun 
qo„llaniladi. RasMol programmasi birinchi bo„lib 
1990- yillarda Rodjer Seyl tomonidan ishlab 
chiqilgan. RasMol bioinformatika va molekulyar 
biologiyada aktiv qo„llaniladigan 
molekulalarning vizualizatsiyalovchi eng 
yaxshi o„quv dastur sanaladi. 


RasMol” so„zi – ingl. “molekulalar rastri” so„zining 
qisqartmasi bo„lib, “rastr” so„zi odatda kompyuter 
ekranidagi piksellar matritsasini bildiradi. Molekulyar 
grafikaning bu dasturi, oqsillar, nuklein kislotalar va 
uchlamchi strukturasi maʼlum bo„lgan kichik 
molekulalarni vizualizatsiyalashtirishga mo„ljallangan. 
Molekulani namoyish etish uchun “RasMol”ga 
atomlarning molekuladagi fazoviy dekart kordinatalari 
asosida joylashishlarini aks ettiruvchi atom 
koordinatalari kerak bo„ladi. “RasMol” kordinatalarning 
turli xil formatlarini aks ettiradi, xususan, “BDB” 
formatida ham. Dasturning asosiy oynasining adresi : 
www.umass.edu/microbio/rasmol
 


Chime” va «Protein explorer» 
dasturlari – “RasMol” ning hosilalari 
bo„lib, molekulalarni dastur oynasida 
vizualizatsiyalashtirish imkonini 
beradi. Ushbu dasturlarga kirish 
quyidagi adres orqali amalga 
oshiriladi: 
www.umass.edu/microbio/chime
 

Download 205.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling