9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja
Ro’yxatga olish vedomosti
Download 165 Kb.
|
9-mavzu
Ro’yxatga olish vedomosti
200 yil yanvari uchun
Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin operasiyalarni Bosh daftarga yozish uchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir korrespondensiyalanuvchi schyot bo’yicha oborot summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi. Unda faqat joriy oborotlar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Bosh daftar asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy tuzilishi shaxmatli oborot vedomostni tuzishni yengillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi. Hisob rsgistrlariga, ayniqsa sintetik hisob registrlariga yozuvlarni tayyorlashni ko’p martalik va guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi. Hozirgi paytda hisobni memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa bo’ladi. Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari o’zining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi. Hisob yozuvlarinint texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u hisobchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga ega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan analitik hisobning qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari bo’yicha bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik operasiyalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentasiya) kabi masalalarini yecha olmadi. Bu kamchiliklarning barchasn deyarli jurnal - order shaklida bartaraf qilingan edi. Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shaklidir. «Bosh jurnal» shaklining memorial - order shaklidan birgina farqi shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar bir martalikda olib boriladi. Bu registr, odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi. Bosh jurnal birinchi qatorida barcha schyotlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan qoldiqlarning yozuvi bilan ochiladi. Kredit bo’yicha qoldiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldiqlarning umumiy yakuni «Memorial-orderlar bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi. So’ngra bir oydagi barcha operasiyalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik oborot summalar va kelgusi oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha oborot vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi. Bu shakldagi analitik hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning analitik hisob bilan solishtirib tekshirish oborot vedomostlar yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob-kitob qilinadi. Shunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob yuritish texnikasi memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishpdan tashqari, qyech narsa bilan farq qilmaydi. Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan tizimli hisobning bir martalikda olib boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir. Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida joylash-tirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha katta malakani talab qilmaydi. Shu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali hisob xodimlariga ega bo’lmagan fermer xo’jaliklarilarda keng tarqalishiga olib keladi. Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi. Qo’shimcha varaqlardan foydalanish operasiyalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatolarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun Bosh jurnal daftarini yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lozim. Bosh jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qanday kamchiliklar bo’lsa, unga ham shu kamchiliklar bo’lishi mumkin. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling