9-mavzu: din madaniyat fenomeni


-§. Diniy tolerantlik va plyuralizm tushunchalarining mazmuni va mohiyati


Download 101.87 Kb.
bet13/13
Sana07.02.2023
Hajmi101.87 Kb.
#1175849
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Din madaniyat fenomeni

8-§. Diniy tolerantlik va plyuralizm tushunchalarining mazmuni va mohiyati


Diniy tolerantlik va plyuralizm jamiyatda tinchlik va barqarorlikning muhim omilidir. Tolerantlik lotin tilidagi tolerantia – so‘zidan olingan bo‘lib, sabr – toqat degan ma’noni bildiradi. Tolerantlik bag‘rikenglikni – o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishni o‘zida ifodalasa, plyuralizm lotin tilida pluralis – ko‘plik degan ma’noni bildiradi. Plyuralizm jamiyat hayotida manfaatlar, g‘oyalar, qarashlarning ko‘pligini bildirib, ko‘plab konfessiya va diniy tashkilotlar bo‘lgan O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari tolerantlik va plyuralizmga tayanilgan holda olib borilmoqda. Diniy tolerantlik xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi hususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish masalasi o‘z ifodasini topgandir. O‘zbekiston hududida islom dini qaror topganiga qadar zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, xristianlik, mazdakiylik, shomoniylik kabi dinlar mavjud bo‘lib, ular negizida o‘sha davrda barchasining sintezi natijasida betakror madaniyat vujudga kelgan. Hozirgi paytda dinlararo tolerantlik g‘oyasi nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Azal-azaldan Vatanimiz hududida islom, xristianlik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalar mavjud bo‘lib, turli millat va dinga mansub bo‘lgan qavmlar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelganlar. O‘zbekiston xalqi dinlararo bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plagan. O‘zbekistonda davlat qonuniy asosda barcha dinlarga, barcha e’tiqod egalariga teng imkoniyatlar yaratib bergan. Vatanimizda turli dinlar va din vakillari o‘rtasida umumbashariy qadriyatlar asosida birodarlikni mustahkamlashga muhim e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda turli konfessiyalarga mansub bo‘lgan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Tolerantlik bizda umumiy ma’noda bag‘rikenglik deb qabul qilingan. Hozirgi kunda yurtimizda turli dinga e’tiqod qiluvchi din vakillarning ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi va uni ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Hozirda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. O‘z navbatida respublikamizda ijtimoiy siyosiy barqarorlikni ta’minlashda avvalo millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik to‘liq ta’minlangan va qonuniy kafolatlangan. Yurtimizda barcha dinlar uchun diniy bag‘rikenglikning o‘rnatilishi, turli din vakillari o‘rtasida hamkorlik, birdamlik va hamjihatlik o‘rnatilishiga yordam beradi. Bu esa yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va mustaxkamlash, mamlakat milliy g‘oyasi – “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” ning muhim tarkibiy qismi va shartidir. O‘zbekistonning din sohasidagi siyosatida diniy plyuralizmga amal qilinib, har bir din vakilining o‘z diniy e’tiqodiga amal qilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Diniy plyuralizm – bir davlatda ko‘p diniy konfessiyalar va ularga xos dindorlar guruhlarining mavjudligi bilan bog‘liq vaziyatdir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida turli diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlar faoliyat olib borib, ularning ichida nasroniy diniy tashkilotlari, yahudiylar va bahoiylar jamoalari, krishnachilar jamiyati va buddaviylar ibodatxonasi kabi diniy tashkilotlar mavjud. Mamlakatimizda dindorlar o‘z diniy bayramlarini nishonlashlariga keng imkoniyatlar yaratilgan. Noislomiy diniy tashkilotlar uchun xorijda nashr etilgan diniy adabiyotlarning respublika hududiga olib kirilishiga belgilangan tartibda ko‘mak ko‘rsatilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab masjid, cherkov va ibodatxonalar qurildi va ta’mirlandi. Bularning barchasi O‘zbekistonda diniy plyuralizmga asoslangan holatda davlatning din sohasidagi siyosati olib borilayotganligini ko‘rsatadi.
Din ijtimoiy hodisa sifatida sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va boshqa fanlar tomonidan o‘rganilib, uning jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Din jamiyat hayotida mavjud bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarni o‘zida aks ettiradi. Din bilan jamiyat munosabatlari, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea–hodisalar din sotsiologiyasi tomonidan o‘rganiladi. Din sotsiologiyasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea–hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Din sotsiologiyasining asosiy mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilishi va qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Din sotsiologiyasi dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini, ularning rivojlanib borishini qonuniyatli jarayon sifatida o‘rganadi. Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat hayotiga, ikkinchi tomondan diniy ilmlarga tayanadi, jamiyat hayoti va diniy ta’limotlarning o‘zaro bog‘liqligi masalasiga asosiy e’tiborni qaratadi. bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Inson ruhiyatining din bilan bog‘liqligi masalalari din psixologiyasi tomonidan o‘rganiladi. Din psixologiyasi zamonaviy psixologiyaning bir tarmog‘i bo‘lib, dinning inson ruhiyatiga, ijtimoiy ong va munosabatlarga, jamiyatning ma’naviy hayotiga ko‘rsatadigan ta’siri masalalarini tadqiq etadi. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlari va sohalarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Din psixologiyasi dinning inson ruhiyatiga va uning xatti–harakatiga ta’sirini o‘rganadi. Insonning diniy e’tiqodi, diniy his-tuyg‘usining shaxs kamoloti, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati masalasiga e’tibor qaratiladi. Din psixologiyasi diniy e’tiqodidan kelib chiqqan holda insonni atroflicha o‘rganadi, dindorlarning diniy e’tiqodiga ko‘ra o‘ziga xos guruhlarini kashf qiladi, buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug‘ullanadi. Kishining diniy his-tuyg‘usi, tushunchalari va yashash tarzidagi o‘ziga xos jihatlari din psixologiyasi o‘rganadigan sohalardir. Din psixologiyasi shaxsda din tuyg‘usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi, shakllanishini, diniy ruhiy holatlarning jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi. Din psixologiyasi dindorlikning shaxs ruhiyatiga, dinning ijtimoiy jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi. Din antropologiyasi madaniy antropologiyadagi yo‘nalish bo‘lib, u din psixologiyasi va din sotsiologiyasini o‘zida ifodalaydi. Din antropologiyasi an’anaviy jamiyatdagi arxaik e’tiqod, yangi dinlar, yangi diniy xarakatlar, magiya, din va fan munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarni o‘rganadi. Din antropologiyasi madaniy antropologiyaning bir qator yo‘nalishlari - psixologik, iqtisodiy, ekologik, tibbiyot, san’at antropologiyasi bilan o‘zaro aloqadordir. Din antropologiyasi dinshunoslikning turli yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tafakkur, madaniyat, marosimlar, dinning regulyativ va psixoterapevtik funksiyalari din antropologiyasining o‘rganish sohalaridir.


1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2019 йил, 375-376 бетлар.



2 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2019 йил, 377- бет.

3 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2017 йил, 28-29 бетлар.



Download 101.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling