9-mavzu: fuqarolik tarbiyasi. Mafkuraviy tarbiya. Ma`Naviy-axloqiy tarbiya. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 56.91 Kb.
bet1/10
Sana12.03.2023
Hajmi56.91 Kb.
#1263972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-maruza


9-MAVZU: FUQAROLIK TARBIYASI.MAFKURAVIY TARBIYA.MA`NAVIY-AXLOQIY TARBIYA.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

9.1. Fuqarolik tarbiyasi.

    1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari

9.3. . Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari
9.4. Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari
10.7. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari
10.8. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari.
10.9. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.

Tayanch so’z va iboralar:. fuqaro, fuqarolik tarbiyasi, bayrog'i, gerbi (tamg'asi) hamda madhiyasi, vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy faoliyat , axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma-naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari.. mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.

Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy etukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi

Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan aхloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish.
O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va iftiхor hislarini oshirish. Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazish.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi: o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak; fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchilar
jamoasining saviyasiga bog’liq; tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining
muvaffaqiyatini ta’minlaydi; o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o’rgatish,
zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi.

Download 56.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling