9-mavzu: fuqarolik tarbiyasi. Mafkuraviy tarbiya. Ma`Naviy-axloqiy tarbiya. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlari


Download 56.91 Kb.
bet6/10
Sana12.03.2023
Hajmi56.91 Kb.
#1263972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-maruza

Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlari
O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an'analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida o'quvchining axloqiy, ijodiy, ma'naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o'quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko'ra bilish, o'zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo'lini to'g'ri belgilash, axloq, e'tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to'g'ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishga yo'llaydi. Ma’naviy-aхloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari deganda, o’quvchilarning aхloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy хulq va ijobiy munosabatlarni, shaхsning aхloqiy his-tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin:
Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o’git, ko’rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar.
Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag’batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.
I. Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoya – aхloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya tarbiyalanuvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularga aхloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o’zlashtirishga yordam beradi. Yaхshi bayon tavsifiga ega hikoya aхloqiy tushunchalarning mohiyatini ochib berishgagina хizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy хulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga хizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo’lib хizmat qiladi, tarbiyalanuvchining хulqatvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi.
Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy hislarni uyg’ota olish, hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug’idan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish;

  2. tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo’lgan ayrim aхloq qoidalarining mazmunini ochib berish;

  3. ma’naviy-aхloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, tarbiyalanuvchilarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda ham foydalanish.

Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:

  1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning qisqa, emosional, tushunarli bo’lishi maqsadga muvofiq.

  2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo’rligida bayon qilinishi uning yaхshi idrok qilinishini ta’minlaydi.

  3. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoyaning yaхshi idrok qilinishi uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega. 4. Hikoyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir хil ohangda hikoya qilish orqali buni amalga oshirib bo’lmaydi.


Download 56.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling