9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Merovinglar hokimiyatini tugatilishi


Download 140 Kb.
bet3/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Merovinglar hokimiyatini tugatilishi. Merovinglar sulolasi 751 yilgacha Franklar davlatida hukmronlik qildilar. Xlodvigning o‘g‘illari davrida yirik yer egaligining asta-sekin o‘sishi va feodal ukladni vujudga kelishi sodir bo‘lgan. Uning vorislari xizmat qilganligi va xizmatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun o‘z yaqinlariga yer-mulklarni umrbod egalik qilish uchun in’om etganlar. Yer-mulklar olgan drujinachi qiroldan mustaqil bo‘lgan va drujinachining sadoqatiga erishish uchun unga yangi in’omlar berilishi va’da qilingan. Qirollikni mustaqil mulklarga parchalanishi boshlangan.
VII-VIII asrlarda Merovinglar faqat nomigagina qirol bo‘lib, ular-ning haqiqiy hokimiyati yo‘q edi. Ularning qo‘lida qirol yerlarining ozgina qismigina qolgandi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy zodagonlar tortib oldi. Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada eng yirik zodagon xonadonlar yetishib chiqib, ular o‘z yurtlarida qirol mayordomlari sifatida butun hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. Bir vaqtlar, ya’ni, dastlabki Merovinglar davrida qirol saroyida eshik og‘asi lavozimida ishlagan kishi mayordom (lug‘aviy ma’nosi: ”xonadon og‘asi”), ya’ni saroy boshlig‘i deb atalardi. Endi esa mayordomlik haqiqatda parchalanib ketgan Frank davlatining ayrim bo‘laklarida joriy etilgan eng yuqori ma’muriy mansab bo‘lib qolgandi.
Davlatni boshqarishda mayordomlar - saroy boshqaruvchilari hal qiluvchi rol o‘ynay boshladilar. Mamlakatni chuqur inqirozdan saqlab qolishda Avstraziya mayordomlari - Pipinidlar katta rol o‘ynadi. Ayniqsa, mamlakatni siyosiy jihatdan qayta birlashtirishda mayordom Karl Martell (”To‘qmoq”) hal qiluvchi o‘rin tutdi. U 715 yildan 741 yilgacha mamlakatni idora etib, qirol hokimiyatini mustahkamlash borasida juda katta ishlar qilgan, bir qancha islohotlar o‘tkazgandi. Natijada qirol hokimiyati ancha kuchaydi va mamlakatning qurolli kuchlari mustahkamlandi.
Karl Martellning taxt vorisi Pipin III Pakana (741-768 yillar) ham avval faqat mayordom unvoni bilan davlatni boshqardi. Meroving qirollari odatdagi tartib bilan biri o‘rniga ikkinchisi kelib turdi, lekin ular davlatni idora qilishda umuman ishtirok etmasdilar. Nihoyat, Pipin davlat o‘zgarishi yasab, har qanday hokimiyatdan mahrum bo‘lgan eski sulolani taxtdan tushirdi. Bu o‘zgarish Rim papasining faol yordami bilan amalga oshirildi.
751 yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida Pipin frank qiroli deb e’lon qilindi. Shu vaqtdan boshlab yangi sulola - Korolinglar sulolasiga asos solindi. Pipin o‘z siyosati bilan frank qirolligining ravnaqi uchun zamin tayyorladi. Uning o‘g‘li Buyuk Karl davrida Franklar davlati imperiyaga aylandi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling