9-mavzu. Gidravlik bog`lovchi moddalar Ma’ruza rejasi


Sulfat muhitiga chidamli sement


Download 1.1 Mb.
bet4/4
Sana23.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1224876
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza

Sulfat muhitiga chidamli sement - tarkibida C3S 50% gacha, C3A 5% gacha va C3A+C4AF esa 22% gacha bo‘ladi. U sulfat kislotasi qoldiqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, sho‘rxok yerlarda ishlatishga mo‘ljallan-gan. C3A ning minimal miqdorda bo‘lishi undan sovuqqa chidamliligi yuqo-ri beton olishda foydalaniladi. Bu sementni olishda, unga gidravlik qo‘shim-chalar qo‘shilmaydi, faqat gips, plastifikator va gidrofob moddalar kiritiladi.
Kuydirish xumdonadorlikadorliki (3-rasm) boʼlak-boʼlak poʼlatdan yasalgan, ichki tomondan olovga bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun silindr koʼrinishida boʼladi.

3-rasm. Aylanma xumdon. 1-Хоmashyo aralashmasi (shixta); 2-issiq gazlar; 3-аylanma xumdon; 4-issiqlik almashinishini yaxshilaydigan zanjirli osmalar; 5-harakatga keltiruvchi qurilma; 6-хumdonadorlikadorlikning suvli sovitish zonasi; 7-аlanga; 8-forsunka vositasiga yoqilg`i yoborish; 9-klinker; 10-sovutgich; 11-tayanchlar.
Xumdonadorlikadorlikning uzunligi 150-185-230 m, diametri 4-5-7 m boʼladi va 3,5-4°C qiyalikda oʼrnatilib, markaziy oʼq atrofida minutiga 0,5 dan 1,4 martagacha aylanib turadi. Shlam yuqori qismdan solinib, pastki qismga qarab harakatlanadi. Pastki qismdan gaz yoki koʼmir kukuni havo bilan birga yoqiladi va 1500°C gacha harorat hosil qilinadi.
Xumdonlar ichidagi jarayonlar shartli ravishda haroratga qarab oltiga boʼlinadi:
1. Bugʼlanish zonasida shlam tarkibidagi mexanik bogʼlangan suv, 70 dan 200°C haroratgacha qizdirilganda, chiqib ketadi. Quritilgan material yirik boʼlaklarda boʼlib, xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib maydalanadi;
2. Isitish zonasida harorat 200 dan 700°C gacha koʼtariladi. Bu zonada organik aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bogʼlangan suv (kristall kimyoviy) yoʼqotiladi va suvsiz kaolinit Al2O3.2SiO2 hosil boʼladi.
Shuni taʼkidlash zarurki, 1 va 2 zonada klinker kuydirishga tayyorlanadi va bu jarayonlar xumdonadorlikadorlikning 50-60% uzunligini tashkil qiladi;
3. Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100°C gacha boʼlib kalsiy va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi koʼp miqdorda erkin holda hosil boʼladi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik boʼlgani uchun bu zonada juda katta issiqlik miqdori yutiladi.
Bu zonada giltuproqdan Al2O3, SiO2 ва Fe2O3 kabi erkin oksidlar hosil boʼladi va ular CaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO.Al2O3.Fe2O3 ва 2CaO.SiO2 kabi yuqori tartibli minerallarni hosil qiladi;
4. Ekturermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250oC gacha boʼladi. Bu zonada qattiq fazali reaktsiyalar natijasida 4СаО.Al2O3.Fe2O3 ва 2CaO.SiО2 kabi yuqori tartibli minerallar hosil boʼladi. Bu ekturermik reaksiyalar natijasida harorat 150-200o C ga koʼtariladi va bu jarayon xumdonadorlikadorlikning 5-7% uzunligida yuz beradi;
5. Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450°C gacha koʼtarilib yana 1300°C haroratgacha qaytadi. Bu zonada hosil boʼlgan minerallar qisman eriydi, qayta birikib 3СаО.SiO2- asosiy mineral hosil boʼladi. 1450°C haroratda 2CaO.SiО2 va CaO birikib alitni hosil qiladi va klinker tarkibida erkin holatdagi CaO 0,5-1% atrofida qoladi. Erigan minerallar xumdonadorlikadorlik devorlarida toʼxtovsiz dumalagani uchun soqqachalar hosil boʼla boshlaydi. Bu zonada haroratning 1300°S gacha pasayishi eritmaning kristallanishiga va
3CaO.Al2O3, 4СаО.Al2O3.Fe2O3 ва MgO larning hosil boʼlishiga olib keladi:
6. Sovitish zonasida klinker harorati 1300 dan 1000°C gacha pasayadi va C3S, C2S, C3A, C4AF vа MgO (periklaz) lar hosil bo`ladi.
Klinker xumdonadorlikadorlikdan to`q qumrangidan yoki ko`kimtir qum rangidagi soqqachalar ko`rinishida chiqadi. Кlinker panjarali, rekuperatorli va boshqa turdagi sovitkichlarda 1000 dan 100-2000C hаroratgacha sovitiladi. Кlinkerni tindirish uchun bir – ikki hafta oraliq omborda saqlanadi.
Кlinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Sharli tegirmon ichki tomondan mustahkam zirxli poʼlat bilan qoplangan boʼlib, 2-4 boʼlmadan iborat. Katta tegirmonlarning oʼlchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16, 4m boʼlib, soatiga 100 va 135 tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki silindrchalarning tegirmon ichida maʼlum masofaga koʼtarilib tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni poʼlat sharlar yirikroq silindrchalar esa maydaroq tuyushga moʼljallangan. Bu tegirmonlar toʼxtovsiz ishlashga moʼljallangan boʼlib, klinker bir tomondan ichi boʼsh val orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan sement chiqarib olinadi.
Tuyulgan sement maxsus nasoslar yordamida siloslarga yuboriladi.
Yopiq siklda ishlaydigan tegirmonlarda yetarli darajada tuyulmagan sement zarralari markazdan qochuvchi printsipda ishlaydigan separatorlarda ushlab qolinib qaytadan tegirmonga yuboriladi. Bu usulda sementni 4000-5000 sm2/g solishtirma yuzagacha maydalash mumkin. Yopiq sikl usuli tez, oʼta tez qotuvchan va maxsus sement turlarini olishda ishlatiladi.
Sement klinkeri maydalanayotganda tegirmonga 3,5% gacha gips va 15% atrofida gidravlik qoʼshimchalar kiritiladi. Tayyorlangan sement temirbeton siloslarda sovuguncha va erkin kaltsiy oksidi soʼnguncha saqlanadi va isteʼmolchilarga yuboriladi. Siloslar diametri 8-15 m, balandligi 25-30 m, sigʼimi esa 4000-10000 t gacha boʼladi.
Sement qogʼoz yoki polietilen qoplarga joylashtiriladi (50 kg gacha) yoki sement tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi.
Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling