9-mavzu. Global iqlim o’zgarishi, uning oqibatlari va unga moslashuv. Iqlim o’zgarish muammolari,sabablari va omillari. Reja


Download 222 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi222 Kb.
#1384842
Bog'liq
9-MAVZU. Global iqlim o’zgarishi, uning oqibatlari va unga moslashuv. Iqlim o’zgarish muammolari ,sabablari va omillari.




9-MAVZU. Global iqlim o’zgarishi, uning oqibatlari va unga moslashuv. Iqlim o’zgarish muammolari ,sabablari va omillari.


Reja.

  1. Global iqlim o’zgarishi, uning oqibatlari.

  2. Iqlim o’zgarish muammolari, sabablari va omillari.

  3. Global iqlim o’zgarishiga moslashuv jarayoni.

XX-asrning 80-yillarida XIX-asrning oxiriga qaraganda shimoliy yarim sharda o’rtacha harorat +0,6 C ga ko’tarilganligi ma’lum. "Parnik effekti”. Bashoratlarga qaraganda asrimizning boshlarida sayyoramizdagi o’rtacha harorat, yana +1,2 C ga ko’tarilishi mumkin. Yer yuzasining o’rtacha harorati esa +15 C hisoblanadi.


Karbonat angidrid miqdoriga bog’liq. Atmosferada freonlarning ortishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Bunday parnik effektining yaralishida IES ca AES larning xissasi katta. 1994-yilda Kioto bayonnomasi tuzildi. Bunda "Issiqlik gazlarini ishlab chiqarishni 10-yil ichida 5%ga kamaytirish to’g’risida” nizom qabul qilingan. Iqlim o’zgarishini o’rganish muammolari Buyuk Britaniya olimlari zimmasidadir. Gollandiyadagi to’g’on buziladigan bo’lsa bu davlat hududining 2/3 qismi suv ostida qoladi. Haroratning ko’tarilishida atmosferada karbonat angidrid va freonlarning ko’payishi bilan bog’liq. Biroq Buyuk Britaniya olimlarining fikri boshqacha. Sababi iqlim bundan bir necha o’n yillardan keyin bundanda sovib ketishi mumkin ekan. Buning sababi – Atlantika okeanidan keladigan oqimlar yo’nalishinig o’zgarishi bilan bog’liq.


Milliy Okeanografiya markazi olimlarining aniqlashicha bunga yana bir sabab Buyuk Britaniya va SHimoliy Yevropani yuvib turuvchi Golfstrim iliq oqimining sustlashib borayotganligidadir. Bu Atlantika okeanidagi 50–yillik kuzatuvlar natijasidir. Bu borada dastlabki ekspeditsiyalar 1957, 1981, 1992–yillarda amalga oshirilib, oqimlarning kuchi o’zgarganligi kuzatilgan . 1998–yilda esa oqimlarning tezligi pasayganligi aniqlangan. Rossiyalik ko’pgina olimlar ham shu fikrda, ya’ni yer yuzasi "global isish” emas balki "global sovish” arafasida ekan.


Rus akademigi Yuriy Izrael ushbu vaziyatga quydagicha ta’rif beradi: –"ko’pgina mutaxassislar yer yuzining o’rtacha harorati so’nggi 100–yil ichida +0,6C ga ko’tarilganligini ko’p gapirishadi, bu haqda baxslashish qiyin. Biroq bu sayyoramizning taqdiri. Yerning iqlimi uning butun tarixi davomida o’zgarib turgan. Yerda ko’p marotaba o’ta, sovib ketish va isib ketish jarayonlari sodir bo’lgan”.


Bundan tashqari so’nggi 500 ming yil ichida 4 marta muzlash va isish jarayonlari yuz bergan. Iqlim isimoqdami yoki sovimoqdami? – degan savol tug’iladi. Bunga javoban, global isish davom etmoqda degan javobni berish mumkin.
Parnik effektiga oid fikr mulohazalar XX-asrning 60-70 yillarida bashorat qilingan edi. Bunga ko’ra sayyoramiz iqlimi global ko’lamda o’zgarishi bashorat qilingan. Hisoblarga qaraganda oxirgi 100-yillikda Yer yuzasi 0,6 C ga isigan. Agar parnik effekti hozirgi davrdagidek rivojlansa, har o’n yilda harorat 0,5 C ga ortadi. Bu kutilmagan salbiy oqibatlar olib kelishi mumkin.
Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, agar harorat 3–4 C ga ortsa, iqlim mintaqalarining chegaralari yuzlab kilometr shimolga va janubga cho;zilishi mumkin. Antarktida, Grenlandiya va Shimoliy muz okeanidagi muzliklar erib ketishi oqibatida dunyo okeani sathi 66 m ga ko’tarilishi va 25% aholi yashab turgan sohillarni suv bosishi mumkin.
Iqlim o’zgarishlaridan rivojlanayotgan davlatlar aziyat chekmoqda. Yevropa va boshqa qit’alarda o’rmon yong’inlari yuz bermoqda. 2000–yilda JARda 1.2 mln odam jabr ko’rgan. Texas shtatinig "El-Paso” shahrida 1.5 odam yashaydi va suv oqadigan joylarda qattiq nazorat o’rnatilgan. 1994-yilda Kioto bayonnnomasi tuzilgan. Bunda: issiqlik gazlarini chiqarishni 10-yil ichida 5% ga kamaytirish to’g’risida bayonnnoma imzolangan. Gollandiyadagi damba buzilsa mamlakatning 2/3 qismi suv ostida qoladi.
Keyingi yillarda sayyoramizda havoning o’rtacha harorati 0.4–0.6 C ga ko’tarilganligi natijasida Arktika va Antarrktida muzliklari erib ayrim mintaqalarda, okean sathi ko’tarilishi va ayrim mintaqalarda qurg’oqchilik va cho’llashish jarayonining kamayishi kabi global iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarmoqda. 2050-yilga borib 2 barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda. AQSH 2050-yilgacha 60% ga qisqartirish rejalashtirilgan.
Sayyoramizdagi havoning global isishi oqibatida keying o’n yillikda 250 ming odam yashash joyini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Global isishdan va ekologik halokatlardaneng avvalo bolalar azyat chekmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham globalisishdan aholining eng muhtoj va zaif qatlami zarar ko’radi. Bu haqida Bryusselda bo’lib o’tgan ekologik konferensiyada ham ma’lum qilindi.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu yuz yillik so’ngida suv bilan ta’minlovchi Alp muzliklarining 75%i va Tibet cho’qqilari eriydi. Tinch okeanidagi riflar, yo’lbarslar, katta toshbaqalar, Amazonka, Ganga oqib o’tadigan Sundarbans milliy bog’idagi mango o’rmonlari, Maldiv orollari tillog’ochlari–bularning barchasi suv ostida qoladi deb taxmin qilinmoqda. Lekin BMT mutaxassislarinig fikricha, bir qancha mamlakatlarda iqlim yaxshilanadi. Bular Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlaridir. Gap bir qator o’zgarishlar haqida aynan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish keskin ko’tarlishi bo’yicha ketmoqda. Bu xulosalarga qarshi chiqish qiyin, chunki xulosalar 29 mingdan ortiq ilmiy axborotlar tekshirilgandan so’ng bayon qilingan. Bu axborotlarning 2/3 qismi esa sayyoramiz tobora isib borayotganligini ko’rsatmoqda. 
AQSH 2050-yilga borib atmosferaga chiqarilayotgan iflos gazlarni 60% ga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Tabiat qonunlari va qonuniyatlaridan farqli o’laroq, jamoat qonunlari hududiy, gorizontal, vertikal differentsiyalanadi, vaqtga qarab o’zgaradi. Ular ifodalanmaydi yoki ochilmaydi, jamoatchilik tomonidan qabul qilinadi va ijrochi shaxslar tomonidan imzolanadi. Misol uchun, 1996 yilning 27 dekabridan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonuni deputatlar, mutaxassislar, tegishli boshqaruv organlari rahbarlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov imzosi bilan tasdiqlangan. Bu bilan biz demoqchimizki, jamiyatning qonunlari o’suvchan va ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, shuningdek, ekologik sharoitlarda jamiyatning hayotiy faoliyati tez-tez o’zgarib turadi. Jamoat qonunlarining bajarilmasligi, buzilishi yuridik javobgarlikka olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining normalari ekologik qonunchiligining asosini tashkil qiladi. Atrof – muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitustiyaning 50, 54, 55 va 100 – moddalarida berilgan (50 – modda: Fuqarolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar). Huquqshunoslikda iqlim o’zgarishining mahalliy, milliy, hududiy va global muammolari normativ aktlar differentsiallashuviga muvofiq qabul qilinadi. Er iqlimi tabiiy qonunlar va qonunchilikka bo’ysunib, bizning sayyoramiz iqlim tizimini to’laligicha aks ettiradi va biz siz bilan xalqaro huquqiy me’yorlar muammolarini ko’rib chiqamiz. Dunyoda biror mamlakat yo’qki, global isishdan yaxlit foyda ko’rgan bo’lsa! Bu bir xalqning yoki biror avlodning muammosi emas, balki Yerdagi har bir shaxsga va barchaga birdek taalluqli. Birinchidan, antropogen jarayon iqlim tizimini muvozanatga solishda global xarakterga ega, uning oqibatlari har bir mamlakatga, har bir kishiga tegishli bo’ladi. Ikkinchidan, har bir mamlakat yoki inson alohida-alohida bu jarayonning kelib chiqishiga sababchidir, ya’ni sabablar barchaga bog’liq. Va nihoyat, mavjud muammo butun insoniyat tomonidan hal qilinishi kerak. U global sharoitla r va uyg’unlikni talab qiladi.
Iqlim o’zgarishi bo’yicha BMTning Doiraviy konventsiyasi (IO’B BMT RK) 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo’lib o’tgan Sammitda qabul qilingan bo’lib, butun dunyoda iqlim o’zgarishini bataraf etishga qaratilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Doiraviy konventsiyasini iqlim o’zgarishi masalalarini echish muhimligini tan olgan 191 tomon imzoladi. Shuningdek Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari Koventsiyaga imzo chekdilar va ratifikatsiya qildilar. Qirg’iziston Respublikasi 2000 yil 14 yanvarda Koventsiyani tasdiqladi, Qozog’iston Respublikasi 1992 yil iyun oyida imzoladi va 1995 yilning may oyida uni tasdiqladi, O’zbekiston Respublikasi esa IO’BRKni 1993 yilda imzoladi.Konventsiyaning asosiy maqsadi iqlim tizimiga zararli antropogen ta’sirlar o’tkazmaydigan darajada, atmosferadagi bug’xona gazlari kontsentratsiyasini muvozanatlashtirishdan iboratdir. Bu chora-tadbirlar aholini oziq -ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda xavfsizlikning oldini olish, ekotizimning iqlim o’zgarishiga moslashuviga yordam berishi kerak. Ushbu hujjatda rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarga quyidagi majburiyatlar birdek yuklanadi:- iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish bo’yicha milliy dastur qabul qilish va rivojlantirish;- bug’xona gazlarini "yutuvchi"larni saqlash va ulardan unumli foydalanish bo’yicha hamkorlik qilish; - ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik siyosatni olib borishda iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolarni hisobga olish;
- ta’lim sohasi va ilmiy-texnik savollar bo’yicha hamkorlik qilish;
- axborot almashinish va ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash.
1997 yilning dekabr oyida Kiotoda IO’BRKning Konferentsiyasida Kioto bayonnomasi qabul qilindi. Uning asosiy vazifasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda atmosferaga bug’xona gazlarini chiqarishni chegaralash va kamaytirishdan iborat. IO’B BMT RK ga 1500 dan ortiq loyiha topshirilgan bo’lib, 760 ga yaqini ro’yxatdan o’tkazilgan va ularni bajarishga kirishilgan. Amalga oshirilayotgan loyihalarning o’zi 2012 yilga kelib S02 1 mlrd. tonnaga kamayishini ta’minlaydi. O’tish iqtisodiyoti bosqichidagi davlatlar, jumladan, O’zbekiston uchun Kioto bayonnomasini amalga oshirayotgan mexanizmlardan foydalanish imkoniyati bu sof rivojlanish mexanizmi - rivojlangan mamlakatlar yordamida bug’xona gazlarini kamaytirish texnologik loyihalarini amalga oshirishdir. Rivojlanish mexanizmini amalga oshirishda investitsion resurslar manbaini, so’nggi texnologik resurslardan ongli foydalanish orqali bug’xona gazlarini kamaytirish borasida ko’plab tadbirlarni qo’llashga kirishildi. O’zbekiston Respublikasi Kioto bayonnomasini 1999 yil 20 avgustda tasdiqladi.


Kioto bayonnomasida mamlakatlarning ishtiroki




Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling