Texnologik qism
Download 126 Kb.
|
Kurs ishi Mahsulot sifati Ismoilov R
- Bu sahifa navigatsiya:
- II HISOBIY QISM. 2.1 ...…………………...………... 2.2 ............……...................... 2.3 ……………………….. III METROLOGIK TАSNIFI
- XULOSА. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI. KIRISH.
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI SIFATINI NAZORAT QILISH. MUNDАRIJА KIRISH…….………………………………………………………………………….. I TEXNOLOGIK QISM. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sifatini baholash ……..………………………... Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatiga xalqaro talablar ………………………... Paxta va paxta mahsulotlari sifatini nazorat qilish ….………………..………… ……......…………………...…………………….. II HISOBIY QISM. 2.1 ...…………………...………... 2.2 ............……...................... 2.3 ……………………….. III METROLOGIK TАSNIFI. 3.1 …..…………………………….. 3.2 …..…………….………. XULOSА. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI. KIRISH. Mamlakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining salmog’i katta. Soha qanchalik rivojlansa xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan ham paxtachilikni yanada rivojlantirish respublikamizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimiz azaldan o’zining iqlimi, senmiun tuprog’i, yer osti va yer usti boyliklari bilan mashhur bo’lib kelgan. Bugungi kunda ham 0’zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari jahon bozori peshtaxtalarida o’ziga xos o’rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida ham ko’rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna paxta xomashyosi yetishtirilmoqda Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan doimiy e’tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg’or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo’l ochilishi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli fermer xo’jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash koixonalarini modemizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo’lgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko’rsatmoqda. Paxtachilik tarmog„ini boshqarish tizimini tubdan takomil- lashtirish, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish, 2017-2021 yillarda 0’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq “Paxtachilik tarmog’ni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi. Shunga asosan “0’zpaxtasanoat‟AJ tashkil etildi. Uning tashkiliy tuzilmasiga 98 ta paxta tozalash korxonalari, 13 ta transport korxonalari, 10 ta paxta tozalash korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi viloyat mexanika ustaxonasi, 5 ta ekiladigan urug’lik chigit tayyorlash korxonalari, 19 ta ixtisoslashtirilgan paxta terminallari, “Moddiy - texnika ta’minoti bazasi” MChJ “Paxtasanoat ilmiy markazi”AJ va boshqalar kiritildi. Ular paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash, ekiladigan urug’lik chigitni tayyorlash bo’yicha ishlarning butun kompleksini tashkil etish va amalga oshirish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yuqori sifatli paxta mahsulotini tayyorlash bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini ta‟minlash, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va urug’lik chigitning unib chiqishiga oid ko’rsatkichlar, paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan paxta tolasining miqdori va sifati bo’yicha ma’lumotlaming haqqoniy- ligini zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish, tuzilgan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq sotib olinadigan paxta xomashyosi va iste’molchilarga jo’natiladigan paxta mahsuloti uchun o’z vaqtida va toiiq hajmda hisob-kitoblami amalga oshirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, sohaga investitsiyalar jalb etish, xomashyoni qayta ishlovchi paxta tozalash korxonalarida ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni rivojlantirish, sohaga innovatsion g’oya, ishlanma va texnologiyalani joriy etish belgilangan. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling