Texnologik qism
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatiga xalqaro talablar
Download 126 Kb.
|
Kurs ishi Mahsulot sifati Ismoilov R
1.2 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatiga xalqaro talablar
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining NASSR tizimi hozirgi kunda juda yuqori nufuzga ega. Bu tizim XX asrning 70-yillarida (1971 yilda), ya’ni odamning fazoga ilk parvozlari boshlangan kezlari AQSHda o’ylab topilgan edi. Orbitaga chiqqan kosmonavtlar uchun mahsulotlar tayyorlaydigan «Pillsbury» korporatsiyasi AQSHning havo parvozi va fazo bo’shlig’ini tadqiq qilish milliy boshqarmasi – NASA bilan birgalikda ishlab chiqarishning butun jarayonini nazorat qilib turish kerak, degan xulosaga kelgan edi. Ana shunda ishlab chiqarishning biron bosqichida oziq-ovqat xavfsizligiga bo’ladigan har qanday tahdid imkoniyati istisno etilgan bo’lur edi. Butun ishlab chiqarish jarayonida potentsial tahdidlarning oldini olishga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining ana shu tizimini Hazard Analysis and Critical Control Points (NASSR) deb nomladilar. O’zbekchaga tarjima qilinadigan bo’lsa, u «xatarlar va tang nazorat nuqtalari tahlili» degan ma’noni anglatadi. Tizimli yondashuvga asoslangan va butun oziq-ovqat silsilasida oziq-ovqat mah sulotlari xavfsizligini uzluksiz ta’minlashni kafolatlaydigan NASSR tizimi o’z samarasini ko’rsatdi va oradan shuncha yillar o’tib, kurrai zaminimizdagi ko’pgina mamlakatlarda keng ommalashdi. Hozirgi kunda NASSR printsiplariga rioya qilish Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida majburiydir (28.01.2002 yildagi 178/2002/ES reglamenti oziq-ovqat bo’yicha qonun hujjatlarining umumiy printsiplari va talablarini belgilaydi). Bojxona ittifoqiga a’zo har uchala mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilari (tayyorlovchilari)ning hammasi 2014 yil 1 iyuldan e’tiboran NASSR tartib-taomillarini joriy etishlari shart (Bojxona ittifoqining «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi TR TS 021/2011-raqamli texnik reglamenti). Mazkur reglamentga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarning (tayyorlovchilarning) hammasi NASSR printsiplariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlarini ishlab chiqishlari, joriy etishlari va qo’llab-quvvatlashlari kerak. Ana shu talablar O’zbekiston korxonalariga ham taalluqlidir. Agar ular oziq-ovqat mahsulotlarini nafaqat Yevropaga, balki Rossiya, Qozog’iston va Belarusga eksport qiladigan bo’lsalar, mazkur tizimlarni joriy etishlari va qo’llab-quvvatlashlari lozim bo’ladi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling