Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari.
Ko‘rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Ekstrapolyasiya metodlari - qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma'lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. Shunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va prognoz ob'ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin. Shunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta'sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta'sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |