Xulosalar. Bizning davrimizda kelajakni prognoz qilish insoniyat uchun tobora ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda kelajak avlodlar taqdiri prognoz qilishga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ijtimoiy tadqiqotlarning hozirgi darajasi kelajak haqida ancha aniq bilim olish va ijtimoiy bashoratni «utopiyalar» sohasidan fan sohasiga o‘tkazish imkonini beradi.
Kelajakni prognoz qilish insoniyat istiqbollarini fanlararo kompleks o‘rganish bo‘lib, u faqat gumanitar, tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnikaviy bilimni birlashtirish jarayonida samarali bo‘lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |