9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari


Download 47.14 Kb.
bet19/21
Sana02.01.2022
Hajmi47.14 Kb.
#193852
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi yetakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo‘lgan eng maqbul yechimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda.


Download 47.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling