9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati 
yo’nalishini ko’p jihatdan belgilaydigan muayyan mo’ljallar beradi. SHu tariqa 
falsafa o’zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida 
yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o’zaro hamkorligi yo’lida jiddiy 
to’siq hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga 
keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologikfunksiyasi ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko’maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda 
tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy 
qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni 
ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga 
yo’l ko’rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki 
insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas
balki qarama-qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining 
mahsuli sifatida qaraladi.
To’rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy 
tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo yetish darajasini 
falsafiy nuqtayi nazardan anglab yetish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun 
imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli 
xalqlarning falsafa tarixini o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish 
imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham 
ularning madaniyatiga bog’lamasdan yechish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib 
borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy 
jarayonni yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli 
hisoblanadi.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling