9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Bashorat: turlari, tiplari, metodlari


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali 
amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi 
ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud 
bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik 
tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni 
ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, 
bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal 
oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra 
bashoratning turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat 
;astrologik bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat.
Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat 
turlaridan biri bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. 
Masalan olimlar Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 
dekabr qiyomat kuni deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p 
o’ynayotgan navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira 
hamda boshi tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha 
to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining 
ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita 
olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat 
kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek
Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda 
ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi 
bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz 
to’fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, 
bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar, 
optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. 
Insoniyatni yaqin kelajakda nima kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati 
maqsadi va natijalariga ko’ra javob berishi lozim. 


Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda 
u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi
Kundalik bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi 
mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan 
bo’lsa, yomg’irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak 
kunduzi havo ochiq bo’ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi.
Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi 
sikllarini kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan 
bo’lsada keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik 
bilimlarning rivoji astrologik bashoratlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga 
bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha 
unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. 
Masalan, to’rt yuz yil oldin yashagan frantsuz tabibi Mishel Nostradamus misli 
ko’rilmagan bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur 
«TSenturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti 
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki frantsuz va rus 
inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi 
shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan. 
O’z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir 
Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko’p pul olish, 
ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimolini 
bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan.
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish 
qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal 
bo’lmagan. Hammaga o’zining o’limi yaqinligini e’lon qilgan, o’zi o’ziga qabr 
qazgan, o’z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o’z 
asarlarini qo’ygan va vafot etgan.
Boshqa ko’plab g’ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi 
intuitiv bashoratni e’tibordan soqit yetish yaramasligidan dalolat beradi.
XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan 
bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar 
bo’lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda 
hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag’darilishini va Mustaqil 
hamdo’stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida Yangi davr boshlanishini 
bashorat qilganlar. 

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling