9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Texnika va texnologiya tushunchalarning mohiyati


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Texnika va texnologiya tushunchalarning mohiyati Ammo qayd etilgan 
qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning Yangi to’lqini 
bilan chetga surib qo’yildi va qariyb ikki o’n yillik mobaynida ommaviy ongga o’z 
ta’sirini yo’qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo’ldi. 
50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G’arbda ham, SHarqda ham aksariyat 
mamlakatlar uchun porloq bo’lib tuyular edi.. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy 
va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan 
illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar 
«iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli 
nazariyalarda o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», 
«texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida 
faol ish olib borildi.
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» 
kitobini e’lon qildi va uning asosiy g’oyalarini keyinchalik o’zining «Yangi 
industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida 
inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho 
beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida 
chuqur o’zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.
Taniqli frantsuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 
yillarda Sorbonna universitetida o’qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos 
U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o’z davrida shov-shuvga sabab bo’lgan 
«Iqtisodiy o’sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial 
jamiyat» nazariyasi yanada to’laroq asoslab berildi.
Bu olimlar fikriga ko’ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar 
jamiyat o’rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu 
erda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o’ringa chiqadi. 
Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday 
jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.
Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi 
Yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, 
J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o’ta 
industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab 
bo’ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, 
aniqrog’i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. 
Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan Yangi texnologiyalarning amalga joriy 
etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.
Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo’lg’usi ijtimoiy qurilish 
shakl-shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo’lishidan ancha oldin 
shunday degan edi: «SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim 
postindustrial jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o’zining Yangi 
rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»
2
.
2
Bеll Сотсиалние рамки инфармационного обўества / Новая технократическая волна на западе – M., 1986. – 
с.342 


D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» 
sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o’zgarishini 
qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi Yangi texnologiyalar paydo bo’lishi bilan 
bog’liq bo’lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o’laroq, o’ta 
moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi 
texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko’p 
sonli muqobil yo’llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz 
darajada o’sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro’yobga chiqarishda»
3

deb qayd etgan edi.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling