9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha 
miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo 
tayinlanadi. 
Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish 
haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni 
sodir etganidan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan 
ozod qilinadi.
Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul 
qilinishi etarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol 
ishtirok etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida 
o‘zaro hamkorlik kuchaytirilishi, sudlarning mustaqil va xolis bo‘lishini 
ta’minlash, qonunlar parlament a’zolarining emas, balki mamlakat manfaatidan 
kelib chiqib qabul qilinishi, barcha davlat organlarida shaffoflik ta’minlanishi, 
ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni 
bartaraf etish uchun xizmatlar imkon boricha elektron tizim orqali ko‘rsatilishi, 
sog‘lom raqobat muhiti shakllantirilishi kerak bo‘ladi. 
XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida 
ilk texnokratik ijtimoiy nazariyalar paydo bo’ldi. SHulardan birining muallifi – 
amerikalik iqtisodchi va sotsiolog T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat 
ishlab chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi rolini birinchilardan bo’lib 
falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar 
va texniklar tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat 
manfaatlarida rivojlantirish (bu g’oya T.Veblen texnokratik nazariyasining 
mag’zini tashkil etadi) faqat ularning qo’lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga 
ayni shu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun kerak.
SHu davrda Yangi tendentsiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari 
suruvchi yondashuvlar ham paydo bo’ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o’zaro 
munosabati muammolarini anglab yetishda V.I.Vernadskiyning roli va u 
noosferani yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega 
bo’ldi.. SHunga o’xshash fikrlarni taniqli frantsuz faylasufi, teolog P.Teyyar de 
SHarden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning 
betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan 
munosabatlarini uyg’unlashtirish kontseptsiyasini rivojlantirdi va butun 
insoniyatning birlashishi yo’lida egoistik niyatlardan voz kyechishga chaqirdi
1
.
SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat 
Yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu Yangi 
sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko’rsata 
olishi mumkinligini ham anglab etdilar.
1
Қаранг Р.Т.. dе SHardеn. Феномен человека – M.: 1987. – с.194 



Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling