9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyatsiya metodlari. 
2. Tarixiy analogiya. 
3. Modellashtirish. 
4. Ekspertiza usulida baholash. 
5. Kelajak stsenariylari.
Ko’rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o’z afzalliklari va 
kamchiliklariga ega.
Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o’tmishda va hozirgi davrda 
yaxshi 
ma’lum 
bo’lgan 
tendentsiyalarni 
kelajakka 
tatbiq 
yetishga 
asoslanadi.Masalan, biron-bir tizimga o’tmishda muayyan o’zgarmas tezlik yoki 
tezlanish bilan rivojlanish xos bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish 
kelajakda ham muayyan zamon oralig’ida o’zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun 
asoslar bor. Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo’li bilan kelajakni bilish. 
Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o’rtasida farq ham, o’xshashlik ham mavjud 
bo’lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo’luvchi omillar taqqoslanishi lozim 
bo’lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo’lishi lozim. Tarixiy analogiyaning 


ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, 
zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo’ldosh. Tarixiy analogiya ko’proq tarixiy 
faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi.
Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o’zini emas, balki ularning 
modellarini o’rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni 
prognostik xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo’lgan sodda, 
sxematik ko’rinishda gavdalantirishdir. Tadqiqot natijalari modeldan ob’ektga 
ko’chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi 
bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), 
imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.
Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va 
texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil 
qilish va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo’lgan eng maqbul 
echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: 
konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy bir 
to’xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz 
qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni 
ko’rib chiqishga ehtiyoj tug’ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, 
muammoga doir har qanday, hatto «g’alati» g’oyalar ilgari suriladi; bu g’oyalar 
rivojlantiriladi, o’z g’oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga 
ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur orakuli ismi 
bilan atalgan). U ekspertlar o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslangan. Bunda 
oldinma-ketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan 
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza 
usulida baholashning yana bir o’ziga xos metodi – sotsiologik so’rov mavjud 
bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo’llanilmoqda.
Kelajak stsenariylari – bu kuzatilayotgan tendentsiyaning ehtimol tutilgan 
kelajagi haqidagi u yoki bu taxminni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga 
solingan yig’indisi. Stsenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo’l bilan 
bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan 
rivojiga yo’l qo’ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o’tish uchun 
voqealarning ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini 
aniqlaydi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish 
natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va 
ularni yechishning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno 
etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko’lam 
parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif 
qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo 
uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. 
SHu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy-bilishga doir mazmunni ham
muayyan mafkuraviy vazifani ham o’zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir 
funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin.



Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling