9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va 
o’rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni 
ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko’ra bilish imkonini beradi.
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo’lgan. 
Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 
yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi 
dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi 
bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-
yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.


Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning 
xususiyatini qayd yetish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga 
kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo’lib, u ijtimoiy 
jarayonlarni o’rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan 
ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o’laroq prognoz qilish 
– o’z metodologiyasi va texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot.
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro 
tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, 
REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya 
universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, 
Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon 
futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. 
Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur 
xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» 
kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining 
a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus 
reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot 
sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 
mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat 
rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan 
ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi 
davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat.
Kelajakni bashrat qilishning o’ziga xos xususiyatlar quyidagilar bilan 
tavsiflanadi: 
1. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz 
qilishning ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi 
bilan belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining 
o’tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini 
aniqlash va qayd yetish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. 
Kelajakni oldindan aytish bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati 
ko’rinishini kasb etgan.
Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan 
bashorat bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. 
Odatda, soxta bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki 
sub’ektivistik o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga 
asoslanadi.
2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan 
kelib chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, 
tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud 
holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, 
ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi.
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: 
- bashorat muammosini aniqlash;
- gipotezani ilgari surish; 


- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni 
yechish uchun prognozlarni ilgari surish); 
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; 
- prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat 
darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash.
3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni 
nazarda tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab 
o’zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq 
tus olib borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z 
yuritilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 
yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar 
taxminan 20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 
40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. 
Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan 
kelajakka kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo 
xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon 
aholisi sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 
2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. 
Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real 
imkoniyatlarga ega bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish 
mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish 
shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas.
4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida 
bilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni 
tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning 
ilmiy vositalari to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus 
metodikalari va mantiqiy vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy 
guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi): 

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling