9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja
Download 472.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Rim klubi. Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi
faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan 3 Там же – с.342 4 Stsiеntizm (ingl. science – fan) – fanning jamiyat ҳayotidagi rоlini mutlaқlashtiruvchi kоntsеptsiya olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so’zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim» 5 . Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug’ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o’sish cheksiz darajada davom yetishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendentsiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendentsiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo’qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to’xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish, tobora ko’payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi. Ma’ruza jahonning ko’plab tillariga o’girildi va dunyo bo’ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish g’oyasi tarafdorlari va muxoliflari o’rtasida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. So’ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo’ldi. Bu ma’ruzalar umuminsoniy muammolarning ko’pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. 5 Pеchchеi A. CHеlоvеchеskiе kachеstva. – M.: 1980. – S.123, 124. Document Outline
Download 472.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling