Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida. 2 Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati


Download 45.73 Kb.
bet1/7
Sana30.09.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1690203
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI global


KURS ISHI


Mаvzu: JAHON XO`JALIGI GLOBALIZATSIYASIDA O`ZIGA XOS ZIDDIYATLARNING VUJUDGA KELISHI
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………..
I BOB JAHON XO`JALIGI GLOBALIZATSIYASI
1.1.Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida.
1.2 Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati
1.3 Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari
II BOB. GLOBALIZATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
2.1Korrupsiya shakllanisining tarixii
2.2 Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati.
XULOSA…………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………..

Kirish
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.
Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.

Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling