Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida. 2 Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati
Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari
Download 45.73 Kb.
|
KURS ISHI global
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz”
1.3Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. SHuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda.4 Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. SHunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Evropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar yeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi. Ikkinchi yo’nalish – kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi. Uchinchi yo’nalish – xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi. To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga “sakrab” o’tilishi o’ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi tendentsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o’zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo’yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko’payishi tezligi juda o’sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko’paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud. 2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o’rtasidagi taqsimoti o’ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o’rtacha jon boshiga 6 baravar o’sishiga erishgan bo’lsa, eng kambag’al chorak qismi esa bu ko’rsatkichning 3 baravar o’sishiga erishgan xolos. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to’yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o’limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. SHuningdek, “yashirin ochlik” – sifatli va to’liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan. SHunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko’paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo’lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo’lmay, tabiat o’zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo’lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko’rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o’zini-o’zi qayta tiklash qobiliyatini yo’qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 minga yaqin turdagi o’simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zahiralari tugab bormoqda, o’rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. yer yuzidagi iqlimning o’zgarishi, azon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi tsivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda. Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish uchun tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo’yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo’ladi. 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. YAna bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan demografik “portlashlar”, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholsining tez o’sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o’rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu mamlakatlarda YAngi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar yaxshiroq bo’lar edi. Aholi nufusi borasidagi barcha fikr-mulohazalar ham real asosga ega bo’lmay, biz ulrning ba’zi birlarini XX-bobda tanqidiy jihatdan ko’rib chiqqan edik. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. 3. KORRUPSIYA SHAKLLANISINING TARIXII Korrupsiya shakllanishining tarixi Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. CHunki bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanish-ning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi. SHuning uchun poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qaerdadir bu illat “gullab-yashnash”da davom etmoqda. Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi. Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta’minlandi. Barcha darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar mexanizmi takomillashtirildi. Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta’minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo keskinlashtirildi. SHu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi. Singapur etakchisi Li Kuan YUning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi. O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Evroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”ligini qayta-qayta uqtirib, “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz”deb, ta’kidlamoqda. Ana shu maqsadda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Download 45.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling