9-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi


Download 43.02 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi43.02 Kb.
#1008603
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 мавзу

3. Boshqaruv tuzilmasi

Boshqaruv tuzilmasi ikki pog’onali va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Agar bo’g’inlar bir boshqaruv pog’onasida joylashgan bo’lsa, ularnining aloqasi gorizontal xarakterga ega bo’ladi, agar boshqa-boshqa pog’onada bo’lsa, vertikal bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv bo’g’inlari (organlari) chiziqli va funktsionalga bo’linadi. CHiziqli bo’g’inlar - bu ob’ektni bevosita majmuaviy boshqarishni amalga oshiruvchi, ijtimoiy tuzimning ma’muriy alohidalashgan bir qismi (tarmoq vazirliklari, korporatsiyalar, trestlar, uyushmalar, korxonalar, tsexlar va h.k.). Funktsional bo’g’inlar - boshqaruvning bir yoki bir necha funktsiyalarini amalga oshiruvchi, boshqaruv apparatining ma’muriy alohidalashgan qismlaridan iborat (ko’mitalar, boshqarmalar, bo’limlar, agentliklar, idoralar va h.k.).


Boshqaruv tashkiliy tuzilmalarining uch asosiy turi farqlanadi: chiziqli, funktsional va aralash: chiziqli - funktsional.
Boshqaruvning murakkab tizimlari egiluvchanligini ta’minlash uchun chiziqli-funktsional tuzilmalarga matritsali tuzilma ko’rinishidagi boshqaruvning dasturiy-maqsadli shakllari kiritiladi: loyiha bo’yicha boshqarish, maxsulot bo’yicha boshqarish, tekshiruv komissiyalari va h.k.
Oqilona boshqaruv tizimlarining shartlari yoki mezonlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi:
a) boshqaruv bo’g’inlarining uning funktsiyalariga mosligi;
b) boshqaruv ierarxiyasida iloji boricha pog’onalar sonining kamligi;
v) har bir pog’onada barcha zarur boshqaruv funktsiyalariga diqqatni qaratish;
g) funktsional bo’g’inlarning funktsional tarmoqlarga moslashishi;
d) har bir funktsional bo’g’inning yagona boshqaruv jarayonida ishtirok etish xarakterining aniq namoyon bo’lishi;
e) boshqaruvning xar bir bo’g’inida jamoalar «kirish» va «chiqish» manbalari sonining eng kam bo’lishi.
Menejmentning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv tuzilmasi sxemasida, ish jadvallarida, tuzilmaviy bo’linmalar to’g’risidagi holatlarda, shuningdek, bajaruvchilar uchun lavozim instruktsiyalarida hujjatlashtiriladi.

Download 43.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling