9-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi
Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi
Download 43.02 Kb.
|
9 мавзу
4. Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi
Boshqaruv kadrlariga boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi yoki ularni amalga oshishiga ko’maklashuvchi ishlovchilar, ya’ni boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlar kiradi. Boshqaruv kadrlarining turli tafsiflari mavjud: lavozim buyrug’i bo’yicha, boshqaruv ierarxiyasidagi darajalar (pog’onalar) bo’yicha, maxsus malakasi bo’yicha, ishlab chiqarish sohalari bo’yicha va h.k. Lekin bazaviy tasnif bo’lib ishlovchilarning qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonidagi tasnifi hisoblanadi. Bu belgi bo’yicha boshqaruv kadrlari uch katta guruhga bo’linadi: rahbarlar, mutahassislar va yordamchi personal. Rahbarlar - jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning alohida bo’g’inlari ishini yo’naltiruvchi, ko’yilgan vazifalar va maqsadlarga erishish bo’yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi hodimlar. Rahbarlar chiziqli va funktsional turlarga bo’linadi. CHiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas’ul, hamjixatlik asosida xarakat qiluvchi shaxslar. Funktsional rahbarlarga boshqaruv tizimida ma’lum funktsional ish qismi uchun mas’ul va boshqaruvning aniq funktsiyalarini amalga oshiruvchi bo’linmalarga boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdek boshqaruv darajalari bo’yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar bo’lib quyi (tsexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o’rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo’mitalar raislari) bo’g’inlar rahbarlari hisoblanadi. Mutaxassislar - bu maxsuslashtirilgan xodimlar bo’lib, ular mavjud bo’lgan axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarni hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv funktsiyalarini va ularning kasbiy tayyorgarligi bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, etakchi mutaxassislar, turli kategoriya darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar, psixologlar va boshqalar kiradi. Yordamchi-texnik personal - rahbarlar va mutaxassislar faoliyatiga xizmat ko’rsatuvchi hodimlar. Ularni qoida bo’yicha, alohida boshqaruv operatsiyalariga qarab tasniflanadi. Bunday hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi. Texnik hodimlar tor va aniq kasbiy tayyorgarlikka ega, rahbarlar va boshqaruv mutaxassislariga texnik yordamni ta’minlash, xususan, boshqaruv qarorlarini qayta ishlash va amalga oshirish yordamida ta’minlashga chaqirilgan. Boshqaruv kadrlarini bunday tasniflash har bir hodimga aniq talablar qo’yish va bunday hodimlarni tanlash, tayyorlash va ishlatish tizimini tashkil etishga imkon beradi. Bevosita menejerning qo’l ostida bo’lgan odamlar soni boshqaruv me’yori yoki nazorat sohasi deyiladi. Agar bevosita menejerning qo’l ostidagi odamlar soni ko’p bo’lsa, u yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi, bu son kichik bo’lsa, menejerning boshqaruv me’yori pas bo’ladi. Tabiiyki qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qancha kam menejer talab qilinsa, ular shuncha yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi. Boshqaruv me’yorining shakllanishiga qator omillar ta’sir etadi. Ular orasida boshqaruvchining individual psixologik qobiliyatlari kasb darajasi va hodimlar madaniyati, ularni rag’batlantirish turlari va kasbiy faoliyati bor. Odatda yuqori malakali hodimlar kichik malakali hodimlarga nisbatan kamroq boshqaruvga muxtoj. SHuning uchun, deyarli olim bo’lgan tashkilot menejeri yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’lishi mumkin. Boshqaruv me’yori tashkilotdagi ierarxik darajalar soni bilan, ya’ni uni vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori tuzilma past boshqaruv me’yori va ko’p ierarxik darajalarga ega bo’ladi, tekkisi esa yuqori boshqaruv me’yori va kam ierarxik darajalariga ega bo’ladi. Yuqori tuzilmalar ko’p mablag’ talab qiladi, ish muomalasi va qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, majburiyat va mas’uliyat aniqligini qiyinlashtiradi. Har qanday ijtimoiy tashkilotda rasmiy tuzilmalardan tashqari o’zaro munosabatlar tizimi mavjud. Ular norasmiy guruhlarda shaxslararo darajada hodimlar o’rtasida paydo bo’luvchi o’zaro aloqalar tarmog’idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma sifatida xarakterlanadi. Bu ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy tuzilmalarning maqbul variantini yaratish sohasining mutaxassislari bo’lgan ijtimoiy menejerlarining diqqat markazidagi ob’ektdir. Boshqaruv tuzilmasi shunday bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: umumiy boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari va boshqaruvning texnik vositalari. Bazaviy boshqaruv tuzilmasi - chiziqli funktsional boshqaruv kombinatsiyasi asosida shakllanadi. Boshqaruv organlari boshqaruvning eng asosiy elementi hisoblangan boshqaruv kadrlaridan shakllanadi. Boshqaruv tuzilmasining keyingi tarkibiy qismi - boshqaruv mehnati samaradorligini oshirishni ta’minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir. Download 43.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling