9-mavzu: ilmiy tekshirishlarda statistik usullarni qo’llash


Download 51.66 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi51.66 Kb.
#1500863
  1   2   3
Bog'liq
ita-9-am


9-MAVZU: ILMIY TEKSHIRISHLARDA STATISTIK USULLARNI QO’LLASH
Amaliy texnika soxasida o’tkaziladigan har qanday element tekshirishlar aktiv yoki passiv kuzatishlar va tajribalar o’tkazish, unga asoslanib ma’lum bir natijalar olish bilan uzviy bog’liqdir.
Ayrim hollarda ijobiy natijalar olish uchun juda kup martalab tajriba o’tkazish kerak bo’ladi. Chunki, bir marta tajriba o’tkazish yoki birta fakt bilan ilmiy xulosa chiqarish qiyin. Shuning uchun xam ma’lum xodisani tushunish qonuniyatlarni belgilash yoki o’rganish uchun takror va takror tajribalar o’tkaziladi.
Tajribalarni o’tkazish qoidalari hisoblash formulalari va metodikasi extimollar nazariyasiga asoslangan bo’lib, matematik statistika yordamida kurib chiqiladi.
Matematik statistika bu matematik qayta ishlash yuli bilan keraqli ma’lumotlarni tuplash usullari bilan nomlanuvchi fan bo’lib ko’plab uchraydigan xodisalar, tajribalarni analiz qilib umulashtiruvchi xarakteristika olishga xizmat qiladi. Ko’plab uchraydigan yoki juda kup takrorlanib turadigan xodisa va vokealarni analiz kilganimizda ular ma’lum darajada bir-biridan fark qiladi.
Masalan, avtobazaga bir xil vaktga olib kelingan,bir xil xizmat muddatini utagan va bir xil texnik holatda bo’lgan 150 ta avtomobilni 100 km masofaga bosib utish uchun sarflaydigan yokilgining o’rtacha mikdorini topish kerak bulsin. Bu masalani yechish uchun fakatgina 35 ta avtomobil olib analiz kilganda ulardagi sarf bo’lgan energiya mikdori quyidagicha bo’ladi: 29,9; 28,1; 25,8; 28,5; 28,3; 29,7; 27,5; 29,3; 28,5; 29,3; 26,6; 30,4; 28,2; ....; 29,6; 28,9; 27,8; va boshqalar.
Yukoridagidan ko’rinib turibdiki bu natijalardan aniq bir xulosa chiqarish qiyin.
Olingan natijalarning hammasi bexosdan sarf bo’lish xarakteriga ega.
Olingan natijalardan eng kam sarflangan yokilgi 25,8 l. Eng kup sarflangani 30,4 l. ekanini bilamiz.
Bu kattalikni sochilish kulochi deyiladi va - R bilan belgilanib quyidagicha yoziladi:
R= Xmax - Xmin = 30,4 - 25,8 = 4,6
Yukoridagi misoldan ko’rinib turibdiki bexosdan sodir bo’ladigan vokealarning sabablari quyidagilar:
1) Tekshirilayotgan obyektga ta’sir etayotgan faktorlarning kupchiligi hisobga olinmaganligi;
2) Ulchov xatoliklarining kupligi.

Download 51.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling