9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


sog’liqni saqlash tashkiloti


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
9-MAVZU

sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi. 
JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy 
nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». 
Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun 
ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada 
salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, 
populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining 
pasayishi jarayoni tushuniladi. 
Inson 
salomatligi 
— 
sifat 
ko’rsatkichi 
bo’lib, 

miqdoriy 
parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va 
to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, 
tana 
harorati); biokimyoviy (tanadagi 
kimyoviy 
elementlar, 
eritrotsitlar, 


leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, 
virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil 
topadi. 
Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda 
parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga 
to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, 
salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan
sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan 
buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi. 
JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu 
munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar 
tavsiya etiladi: 

Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash; 

Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi; 

Aholining immunizatsiya darajasi; 

Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi; 

Bolalarning oziqlanish holati; 

Bolalar o’limi darajasi; 

O’rtacha umr ko’rish davomiyligi; 

Aholining gigienik savodxonligi. 
Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.) 
1. Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son 
jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining 
haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy 
xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, 
daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin 


2. Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va 
ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni 
baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi. 
3. Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir 
shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab 
oladi. 
4. Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, 
turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush 
tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, 
ularning 
mehnat 
faoliyati 
va 
moddiy 
sharoitlarini 
o’zaro 
dialiktik 
munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi. 
Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning 
ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy 
rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo 
bo’ladi. 
1. Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati 
bilan boo’liq turmush tarzi; 
2. Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi; 
3. Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi; 
4. Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi; 
5. Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi. 
Mexnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: 
mexnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy kismlari, tashkil kilish darajasi va 
xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish 
rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish 
xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional 
xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi. 


-Turmush tarzining muxim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. 
Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov 
organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida 
savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va 
xokazolar kiradi. 
-Turmush tarzining boshka turlariga insonning turmushda,jamoatchilik 
oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila 
byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan: 
oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi: 
uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash; 
kiyim-kechak sotib olish; 
madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga 
obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin. 
-Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki 
bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, 
madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin. 
-Odamlarning yashash sharoitlari – mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, 
ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va 
boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi. 
Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli 
mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy 
xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va 
iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy 
yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik 
kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi. 


Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod 
kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi. 
Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi 
xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va 
kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni 
o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi. 
Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot 
ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga 
yul topadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling