9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU
Inson qadri. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq
masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy hususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy hususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma`naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko’rinadi. Odam bolasining shahsga aylanishi, o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi. Umuman, odamzod naslining hozirgi avlodi uchinchi ming yillikni kutib olayotgan bugungi kunlarda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga ehtiyoj kuchaydi. Taassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, Yer yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekologik bo’hronlar, urush havfi va ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bo’larmidi?Yoshlar va qadrlash tamoyillari. Insonning butun umri shahsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o’z qadrini kamolga etkazish, o’zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. O’z shahsi va boshqalar qadrini anglab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan ma`naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka hizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi, uning o’zi esa hayotning mohiyati va maqsadini tug’ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo’lmoQi lozim. Ushbu ma`noda, Suqrotning «O’z o’zingni angla!» — shiori G’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shahs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z qadrining shahsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish, jamiyat qonun-qoidalaridan tug’ri foydalanish, o’zlarining hatti- harakatlarini ana shu ma`naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va o’quvchilarga qadrlash va qadrsizlanish jarayonlarining mohiyatini anglatish, mustaqillik e`lon qilgan qadriyatlarning ahamiyatini tug’ri tushuntirishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar, xususan talabalar va o’quvchilarni ma`naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari tug’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksiologiya, ya`ni qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me`yorlari borasida to’plagan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta`lim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling