9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Inson, individ, shaxs tushunchalarining o‘zaroaloqadorligi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-MAVZU

2.Inson, individ, shaxs tushunchalarining o‘zaroaloqadorligi. 
 
Individlik — bir narsa haqidagi tasawur bolsa, o‘z qiyofasi, dastxati, 
mezonlariga ega bolgan, qonunga, bir xillashtiruvchi me’yorga bo‘ysunmaydigan, 
alohida tahlilni taqozo etadigan narsa individual hisoblanadi. Individuallik g‘oyasi 
o‘ziga xoslik va o‘z nomiga egalik ruhi bilan sug‘oriladi. Individuallikning ro‘yobga 
chiqishi — yangi va betakror narsaning tug‘ilishi. Individuallikka u o‘z ish 
qobiliyatiga qaytaruvchi mavjudlik xos. Unda lozimlik andazasiga bo‘ysunish 
majburiyati yo‘q. «Men» o‘z-o‘zi sifatida faoldir. Insonning erkinlikka intilishi 
uning hozirgi talqinida o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan. Insonning evolyutsiya 
«kvanti» sifatidagi talqini taklif qilingan. Bu inson nafaqat o‘ta faol, balki ancha 
nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi. Inson yashaydigan ma’naviy muhit 
kengayishi bilan uning qiyofasi o‘zgarib boradi. Inson, rus «sobor» falsafasi 
an’analarida qayd etilganidek, nafaqat shaxsiy, balki umuminsoniy hamdir. 
«Shaxs» tushunchasi inson o‘z harakatlari va hissiyotlarining mas’ul subyekti 


sifatida amal qilishi mumkinligini, u o‘zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va o‘z 
tashabbuslarining ahamiyatini tushunishini anglatadi. «Shaxs» tushunchasi odatda 
ikki xil ma’noda ta’riflanadi. Birinchi ma’noda, shaxs — inson individi 
munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatida namoyon boladi. Bunga lotincha 
persona atamasi mos keladi. Ikkinchi ma’no, insonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi 
ancha barqaror tarzda namoyon bolishini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda shaxs individni 
tavsiflovchi doimiy va muayyan ijtimoiy ahamiyatga molik jihatlar majmuyi sifatida 
amal qiladi, hamisha empirik insondan farq qiladi, Chunki u o‘z qilmishi va 
qarorlarida o‘zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar tizimiga rioya etadi. Shaxs 
verbal jihatdan ham, obyektiv jihatdan ham moddiylashuvchi qadriyatlar 
tizimining tashuvchisidir. Shu bois shaxs o‘zini o‘zi «yaratishi», ya’ni ideal reja-
moljalga mu vofiq, o‘z hayotini yolga qo‘yishi va shart-sharoitlarni muayyan 
darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin, deb hisoblanadi. Shaxs doim o‘zini o‘zi 
namoyon etishga intiladi, u o‘zgarmas va taniqlidir. Shu ma’noda, shaxs tasodifiy 
tarzda namoyon bo‘luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va 
uyg‘un jonzot, degan fikr o‘rinli. Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri 
— personalizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutuglni va uning 
asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs dunyoni o‘zlashtiruvchi o‘ziga xos betakror 
subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barkamollikka intiladi va har tomonlama 
uyg‘un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir. Shaxs kechinmalari muqarrar 
tarzda u qabul qilgan qadriyatlar bilan belgilanadi. Individga esa hayot 
faoliyatining instinktiv omillari ko‘proq xosdir. M.Sheler individning bunday 
mayllari qatoriga ochlik, jinsiy mayl va hokimiyat instinktini kiritadi. Ammo faol 
inson hayotining har bir hodisasi vital va ma’naviy asoslar birligi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning hammaga o‘xshashligi 
uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxssizlashuvi shu qadar kuchli 
bolishi mumkinki, u nom o'rniga tartib raqami yoki ko‘rsatish olmoshi bilan «u, bu, 
boshqa» deb atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy vazifa 


va funksiyalar individual xulq-atvorda yol qo‘yiladigan xatti-harakatlarni ancha 
qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qilingan andazadan har qanday tarzda chetga 
chiqish hollari bilan murosa qila olmasligini ochiq-oydin namoyish etadi. 
Raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish — 
ayirboshlash — iste’mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi ham tovarga — 
yaxshi narxga pullash mumkin bolgan tashqi sifatlar majmuyiga aylanadi. Narx 
baland bolishi uchun esa qabul qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta’biri 
bilan aytganda, «chiroyli o‘ram»ga ega, xushchaqchaq, soglom, izzattalab va faol 
bolishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur futbolchilar misolida 
yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi 
futbolchilarning bir nechayuz million dollarga, boshqa futbolchilarning esa bir 
necha o‘n million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablantirmaydi. 
Xullas, odamzod tarixida qachon «inson», «shaxs», «individuallik» tushunchalari 
paydo bolgani bahsli masaladir. Bu masalaning Sharq va G‘arbda o‘ziga xos 
talqinlari mavjud bolib, ular ko‘p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni 
ustuvor deb bilish asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi 
nazaridan o‘rganish inson borligl masalasining tarixi uzoq ekanini, bugungi kunda 
ham uning falsafiy nazariyalar uchun qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling