9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Sotsiologizatorlik konsepsiyalari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
9-MAVZU

Sotsiologizatorlik konsepsiyalari.Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, 
sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga 
harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning 
biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni 
hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. 
Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida 
jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos 
individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga 
bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va 
ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, xususan, Platon falsafasi 
ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Insonning mohiyati.Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u 
nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular 
jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks 
etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha 


aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning 
dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
Shunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, 
individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» 
tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning 
barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy 
munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z 
yuritish imkonini beradi. Ya’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan «individ» va 
«individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual 
xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq 
etilishi mumkin. «Shaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson 
bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shuma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, 
«ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday shaxs zamirida 
oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. Shuningdek inson yangi 
moddiy va ma’naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‘yobga 
chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi uch muhim omil: 
irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‘zaro ta’sirga 
kirishishi natijasida inson shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli 
ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‘ljallar, ma’naviyat va shu 
kabilarga ega bo‘ladi. Insonning mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u 
yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadiki, 
bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol o‘ynashini 
qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e’tirof etilgan me’yorlarga 
muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma’noda ijobiy 
shaxslar to‘g‘risida ham, salbiy shaxslar to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin.


Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy 
jarayonlarni va ijtimoiy o‘zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning 
insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy me’yorlar mustahkam o‘rin 
olishi bilan bog‘lamoqdalar. Bunda inson o‘zining butun umri mobaynida, bir 
tomondan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa 
tomondan esa – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini his etib, yaxlit bir 
butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e’tiborga olish lozim. 
Boshqacha aytganda, o‘zining kamol topish jarayonida u doim ham sub’ekt, ham 
ob’ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot 
mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga 
kelishini belgilaydi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling