9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi
sog’liqni saqlash tashkiloti
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU
sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi.
JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni tushuniladi. Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil topadi. Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi. JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi: Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash; Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi; Aholining immunizatsiya darajasi; Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi; Bolalarning oziqlanish holati; Bolalar o’limi darajasi; O’rtacha umr ko’rish davomiyligi; Aholining gigienik savodxonligi. Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.) 1. Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin 2. Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi. 3. Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi. 4. Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o’zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi. Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo’ladi. 1. Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo’liq turmush tarzi; 2. Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi; 3. Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi; 4. Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi; 5. Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi. Mexnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: mexnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy kismlari, tashkil kilish darajasi va xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi. -Turmush tarzining muxim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va xokazolar kiradi. -Turmush tarzining boshka turlariga insonning turmushda,jamoatchilik oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan: oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi: uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash; kiyim-kechak sotib olish; madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin. -Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin. -Odamlarning yashash sharoitlari – mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi. Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi. Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi. Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi. Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yul topadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling