9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
9-MAVZU

Sog’lom turmush tarzi 
Sog’lom turmush tarzi – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga 
ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini 
chetga olishi kerak. 
Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli 
bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat 
bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam 
ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har 
bir insonning aql farosati – bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir 
kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, 
mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir 
inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning 
uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning 
o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin 
emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni 
mujassamlashtiradi. 
Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi: 


1. Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos 
kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan 
oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi; 
2. Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi; 
3. Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni 
mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai 
nazardan esa: 
Axloqiy pok bo’lish; 
Iroda asosida boshqarish; 
Go’zal bulishi; 
O’zini-uzi tarbiyalashga asoslanishi lozim. 
Sog’lom turmush tarzi tushunchasi o’z tarkibiga: 
1. Zararli odatlardan (tamaki chekish, spirtli ichimliklarni ichish va 
giyoxvandlik )tiyilish. 
2. Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi, mo’’tadil harakatlanish 
tarbiga rioya kilish: 
3. Tarkib jixatidan tenglashtirilgan va rastional ovqatlanish: 
4. Organizmni chiniqtirish: 
5. Shaxsiy va jamoatchilik gigienasi: 
6. Ijobiy ehtiroslar, ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stress 
holatlarini oqilona echimini topa bilish: 
7. Tartibli mexnat qilish va to’laqonli dam olish: 
8. Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruxiy filiologik jixatdan qoniqib 
yashash: 
9. Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish: 
10. Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqillik: 


11. O’z ishidan qoniqish hosil qilib yashash kabi yo’nalishlarni qamrab oladi. 
Fan – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush 
tarzini shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib 
omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli 
ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush 
va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z 
organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida 
qayg’urish singari kopleks omillarni o’z ichiga oladi. 
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib 
borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik 
mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi. 
Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi 
zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek 
murakkab ijtimoiy jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur 
bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom 
turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga 
shaxsning: 
1. 
Jamoatchilik va mehnat jarayonlariga faollik ko’rsatib, samarali ijodiy 
faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi. 
2. 
Oilada va kundalik turmushda namunali yasha; 
3. 
O’zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga 
intilishi 
4. 
tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi 
5. 
Sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini 
bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi 


6. 
Nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib 
qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishidan 
asrashga intilib yashashi. 
7. 
Faqat uzoq yashayotgani uchun emas, balki hayotda to’g’ri 
yashayotganidan ham qoniqish hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi 
8. 
Sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi 
qimmatli sifat va xususiyatlarni kiritishi mumkin. 
“Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar 
asosida tashkil qilib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush 
tarzidir.” 
Bular: 
1. To’g’ri(oqilona) ovqatlanish; 
2. Harakatli turmush va badantarbiya; 
3. Kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish; 
4. Jinsiy tarbiya, sog’lom oila; 
5. Ruhiy osoyishtalikni ta’minlash; 
6. Zararli odatlardan tiyilish; 
7. Shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish; 
8. Baxtsiz hodisalar va jarohatlardan ehtiyotkorlik; 
9. Sog’lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo’lish. 
Nosog’lom turmush tarzida yashash – tana ehtiyojlariga yo’l berish, biologik 
instinktlar talabi bilan chegaralangan holda, vegetativ turmush tarzida yashashdir. 
Inson o’z salomatligini va taqdirini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tashlab 
qo’yib, sog’ligini o’zining zararli odatlariga qurbon qilishi, insonning shaxs sifatida 
parchalanishi va tubanlikka yuz tutishidir. 
Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir. 


Nosog’lom turmush tarzida yashashning oqibati inson mohiyatining yuzaga 
chiqmasdan yopiqligicha qolib ketishidir, jamiyatning esa iste’dodlardan mahrum 
bo’lishidir, shaxs dunyoqarashining chegaralanganligi, o’z salomatligiga 
qadriyatlar pillapoyasidan munosib o’rin ajratolmaslik, uni oliy qadriyat sifatida 
qadrlash darajasiga ko’tara olmasdan yashab o’tish tarzidir. 
Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega 
bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam 
etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g’oyadir. 
Bu g’oya butun xalqlarni yuksak taraqqiyot etaklagan, ularni ma’naviyat va 
ma’rifat sohasida milsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. 
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga etkazish haqida 
qayg’armagan xalqning va millatning kelajagi yo’q. 
Komil inson g’oyasi azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelgan. Shu 
sababli yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodngi tarbiyalash, erkin fuqaro 
ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajasiga ko’tarish 
orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga muhim e’tibor berilmoqda. 
Sharq falsafasida va ma’naviyatida birinchilar qatorida komil inson 
tushunchasini ta’riflab bergan ulug’ donishmand va faylasuf olim Jaloliddin Rumiy 
bo’lib hisoblanadi. Rumiy sog’lom va barkamol shaxs g’oyasini ta’riflab, komil 
insonlar shunday insonlarki, ular o’zlarida dunyoviy va diniy ilmlarni mushtarak 
qilib o’zlashtirib, millat manfaatini, vatan manfaatini o’zinikidan ustun qo’ya 
oladilar. Ular yolg’iz o’z manfaat va ehtiyojlari bilan band bo’lib, tirikchilik 
tashvishlaridan zir yugurib, ulardan baland ko’tara olmagan va o’zining insoniy 
mohiyatini anglash darajasiga etmagan odamlardan farqli o’laroq, o’z mohiyatini 
chuqur anglagan mukammal insonlardir, shu boisdan ularni – komil inson deb 
ataydilar. 


Respublikamizning buyuk kelajagi ana shunday komil insonlarni tarbiyalab, 
etishtirish darajasi bilan belgilanadi. 
Insoni komil – olamning gultojidir, butun insoniyatning orzusi va barcha 
xalqlarning maqsadidir. 
Jaloliddin Rumiy Hazratlari inson bolasini uning o’ziga tanishtirib, u maqsad – 
inson, lekin oddiy inson emas, o’z-o’zini bilgan va ikki olamga barobar inson. 
Rumiyning fikricha o’z-o’zini anglagan va o’z-o’zini unutib, dunyo bilan birikkan 
Tangriga eng yaqin insondir. Zero komil inson Xudoga juda yaqin ekan, uning 
kamolot yo’lidagi mehnat va muhabbati insoni komilga sidqi sadoqat borasidagi 
intilishlari ham muqaddasdir. 
Mavlono Rumiy Insonni, avvalo ko’zini ochishga va ochilgan ko’zlari bilan o’z 
mohiyatiga nazar tashlashga undaydi, insonning o’zi bir butun kichik olam 
ekanligini uqtiradi. Mashoyixlarning “o’zini bilgan avliyo bo’ladi” degan fikrini 
isbotladi. 
Dunyoga kelishdan muddao “yo’lini qilib kun kechirish, yeb ichish nasl 
qoldirib o’tish” kabi biologik ehtiyojlarni qondirib yashashdangina iborat bo’lmay 
aksincha, bular vosita, maqsad ruhan pog’onaga chiqish, Ollohning huzurida loyiq 
bo’lishdir. Ruhan poklanish va jisman poklanish o’zaro uzviy bog’langan hamda 
uyg’unlashgan tushunchalar bo’lib, qalbi pok insonlar albatta jisman ham pok 
bo’lishni anglatadi. 
Jamiyat insoniylikka munosib bo’lgan poklik va adolatda yashashi uchun 
Olloh mast qiluvchi ichimliklarni ichish, o’g’irlik, poraxo’rlik va sudxo’rlik, nohaq 
odam o’ldirish, buzuqlik, qimorbozlik kabi ishlarni harom qilgan. 
O’z mohiyatni anglagan komil yoshlar bunday nomunosib ishlardan hamisha 
pok bo’lganlar, sog’lom turmush tarzida yashash ularga xos xususiyat bo’lgan. 


Olloh huzuriga intilish komillikning kaliti bo’lsa, sog’lom va pokiza turmush tarzida 
hayot kechirish shu maqsadga olib boradigan ravon yo’ldir. 
Jaloliddin Rumiy: “Ey inson, agar baxt-saodat istasang, g’urur, man-
manlikdan yiroq bo’l, hikmatli so’zlarni skinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, 
ginachilikdan hazar qil. Qayg’u, alamlar ustuniga hujum etsalar, bunga o’z 
adabsizliging sababchidir. Tarbiyasiz, adabsiz odam alam, hasrat daryosida g’arq 
bo’ladi. Shunga ko’ra adab nuri bilan o’zingni nurlantir, qalbing pok bo’lsin. 
Salomatlikni istasang, mag’rur mutakabbir bo’lma, adovat gina saqlashdan uzoq 
bo’l. Qanoat – tuganmas bir xazinadir, buning haqiqatini yaxshi tushunishga 
g’ayrat qil. Qanoatning faqat nomigagina o’rganib, bir qancha xatolarga, ranj va 
aziyatlarga tushmaslik kerak. Qanoat ahli har jihatidan xushvaqt va mamnundir”, 
deb ta’kidlab, yoshlarni sab-qanoatli bo’lishga, gina va adovatdan saqlanishga 
chaqiradi. 
.
Adabiyotlar: 
1.Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, 
HusanovB,Sultonova A. Falsafa.– Toshkent:TMU,2019 
2.MadaevaSh.ShermuhamedovaN.vaboshqalar.Falsafa–o‘quvqo‘llanmasi.–
Toshkent:2019 
3.Saifnazarov I. Muxtorov A., Sultanov T.,Usmonov F. Falsafa. Darslik. –
T.:Innovatsionrivojlanish nashriyot– matbaauyi,2021.-424b. 
4.ShermuhamedovaN. Falsafa.–Toshkent:Idris AbduraufNashr,2021.667-b 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling