9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Takrorlash uchun savollar


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
9-MAVZU

Takrorlash uchun savollar
1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi? 
2. Shaxs, individ deganda nimalarni tushunasiz?
3. Antropologiya fanining ma’nosi va vazifalari nimalardan iborat? 
4. Inson tanasi va ruhining bogliqligi nimalarda namoyon boladi? 
5. Ekosofiya nima? «Insonni asrash» degmda nimani tushunasiz?
6. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko‘rinadi? 
Adabiyotlar: 
1. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. –Toshkent: Innovasiya-Ziyo 2021 
2. ИсмоилСаифназаров.ЯнгиЎзбекистон:инсонқадриулуғланганюрт.-
Т.;”ИЛМ-ЗИЁ-ЗАКОВАТ”МЧЖ, 2023. -209б. 
3. Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, 
HusanovB,Sultonova A. Falsafa.– Toshkent:TMU,2019 


4. MadaevaSh.ShermuhamedovaN.vaboshqalar.Falsafa–o‘quvqo‘llanmasi.–
Toshkent:2019 
5. Saifnazarov I. Muxtorov A., Sultanov T.,Usmonov F. Falsafa. Darslik. –
T.:Innovatsionrivojlanish nashriyot– matbaauyi,2021.-424b. 
6. ShermuhamedovaN. Falsafa.–Toshkent:Idris AbduraufNashr,2021.667-b 
 
10-Mavzu:
Qadriyatlarfalsafasi(aksiologiya)
 
Mavzu rejasi: 
1. Qadriyattushunchasiningma’nosivauningumumiytavsifi. 
2. Qadriyatlarningturlari(umuminsoniy,milliy,shaxsiyqadriyatlar). 
3. Oilaningqadriyatga doir jihatlari 
4. Sog‘likningqadriyatsifatidagiahamiyati.Sog‘lomturmushtarziningqadriyatl
ijihatlari. 
 
1.Qadriyattushunchasiningma’nosivauningumumiytavsifi. 
Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, 
ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan 
shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda 
kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz 
shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy 
qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, 
o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda 
qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar 
tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p 
mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda 
Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash 
tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, 
Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning 


nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — 
Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham 
ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, 
Arastu va Gegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga 
ega ekanligiga shubha qilmaymiz. 
Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, hususan O’zbekiston uchun 
begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan 
qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy 
bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin 
Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy 
kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. 
Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, 
zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir. 
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi 
naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi 
namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi 
tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq tug’risidagi afsona va 
dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab 
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi 
– «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning 
qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin 
ifodalangan.Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga 
ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. 
E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va 
qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan 
birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib 


yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu tug’rida Beruniy «Qadimgi halqlardan 
qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. 
Qadriyat tushunchasi nihoyatda hilma-hil ma`noda, turli sohalarda 
qo’llaniladi.Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi 
muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda 
namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, 
qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, 
jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va 
boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, 
gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham 
«qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Hullas, kundalik hayotda ko’pchilik 
tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat 
kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. 
Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning 
maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati 
nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun 
katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning 
aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning 
iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. 
Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan 
qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning 
shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab 
va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun 
ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining 
nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, 
jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. 


Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus 
tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini 
baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi 
tushunchalar 
sifatida 
qarash 
hollari 
uchraydi. 
Bu 
ikki 
tushuncha 
qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus 
tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) 
tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi 
ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo’q. Qadr tushunchasi o’zbek tilida serqirra 
ma`no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba`zi ibora va so’zlarda o’ziga hos sharqona 
falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. 
Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho» tushunchasida to’la-to’kis aks 
etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, 
mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham 
uchraydi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va 
baholash bir-biri bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati 
anglab olinmasa, qadri tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib bo’lmaydi. 
Aynan shu ma`noda qadriyatni baholash unga bo’lgan munosabatni ham 
ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari 
bilan bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha hilma-hil maqsad va ehtiyojga ega 
bo’lgan kishilar ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash ham shuncha 
qiyinlashib boraveradi. 
Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi 
bilan bu tushuncha boQlangan ob`ekt o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar 
qadriyat berilgan qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga 
ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, 
hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda 
ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun tug’ridan-tug’ri ism, 


atama yoki bevosita nom bo’la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan 
tushuncha sifatida namoyon bo’ladi. 
Qadriyatlar va ijtimoiy jarayonlar. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va 
o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri 
turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta`sirida 
kishilarning qadriyatlar tug’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa 
taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma`naviy 
qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. 
Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil 
bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday qadriyatning 
qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va 
ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo’lib ko’rinadigan yahshilik va 
yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baht-saodat va g’am-kulfat, taraqqiyot va tanazzul 
kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog’langan tomonlarini 
ifodalaydi. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar 
hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos 
ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog’onasiga 
chiqib oladi, boshqalarini hiralashtirganday bo’lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy 
rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan 
qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi. Masalan, yurtni yov 
bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — 
tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal va bemorlik onlarida — salomatlikning qadri 
oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi. 
Ta`lim tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish 
shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik hususiyatlarini doimiy saqlab 


qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-
salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining 
ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan 
kasallik, ma`nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy 
jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma`vo ekan — 
yo’qlik, inson tirik jonzod ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli 
umr ekan — ma`nosiz qo’yilgan ba`zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan 
biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul 
va boshqalar insoniyatni doimo ta`qib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning 
ahamiyati ham ularga teskari bo’lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. Yoshlarda, 
ayniqsa, talaba va o’quvchilarda ma`naviy etuk tuyg’ularni shakllantirishda ana 
shunday aksiologik bog’liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o’rgatish katta 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling